Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 395,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix09.06.2023
ölçüsü395,19 Kb.
#127540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kimyoviy texnologiyasi fakulteti bitiruv malakaviy ishi (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Raxbar


TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYALARI 
INSTITUTI 
“YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR 
KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu:
AVT qurilmasini loyhalash, Vakuum kolonnasini
hisoblash quvvat 1000000 T/Y(neft hisobida ) 
23-09 guruh 
Bajardi: Tojiboyev A.U. 
 Raxbar: To’rayev T. 
Toshkent-2013  


Kirish 
“…O’zbekiston amalda fors ko’rfazi, Kasbiy
dengizi havzasi va Tarim havzasining
neft va gazga juda boy konlari joylashgan 
yarim xalqaning strategik markazidir”. 
I.A.Karimov. 
Jahondagi ilg’or iqtisodiy tadqiqot markazlarining ma’lum 
qilishicha, XXI-asrda dunyo bo’yicha resurslar iste’moli sezilarli 
ravishda o’sishi, bu birinchi navbatda iqtisodiyoti rivojlanayotgan 
davlatlarda kuzatilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda.Bu 
holat jahon energetika resusrlari bazasini qo’shimcha ravishda 
rivojlantirishni talab etmoqda. 
Shu bilan bir qatorda mustaqillikka erishganimizdan so’ng 
prezidentimiz tashabbusi bilan neft mustaqilligiga erishildi.Shundan 
so’ng bu sohaga alohida, chuqur e’tibor berila 
boshlandi.Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining 
asosiy bo’g’ini bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. 
Respublikamiz mustaqil bo’lgandan neft-gaz sanoatini 
rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ilgarigi o’z holicha ish 
yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona 
tarmoq 
– 
“O’zbekneftgaz” milliy holding korporatsiyasiga 
birlashtirildi. 
Bukorporatsiyaningtarkibidaneftvagazniqaytaishlashbo’yichauch
tayirikkorxonaishlabturibdi. Bular : “O’zneftni qayta ishlash” davlat 
sanoat birlashmasi, Sho’rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash 
zavodlari, “O’zneftni qayta ishlash” birlashmasi tarkibiga Farg’ona, 
Oltiariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. Bu 
korxonalar uchun xomashyo neft, gaz kondensati va tabiiy gaz 
hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy 
tarkibiga o’xshash bo’lib, faqat qaynash tempuraturasining oxiri bilan 
farqlanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda 
qayta ishlanadi.


Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda 
amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilg’i yo’nalishi. Buna neft va gaz 
kondensatini atmosfera bosimining 360° C gacha qizdirib, ulardan 
benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini ajratib olinadi. 
Qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki 
gidrokreking qurilmalariga berilib, qo’shimcha ravishda benzin, 
kerosin va dizel yoqilg’isi olinadi. 
Ikkinchi yo’nalish- yoqilg’i moylar olish yo’nalishdir. Bu yo’nalishda 
neft va gazokondensatni yengil fraksiyalar olingandan so’ng, qoldiq 
vacuum qismi- mazut ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraksiyalarga 
ajratilib ulardan har xil neft moylari olinadi. 
Farg’on shahridagi zavod 1959-yilda ishga tushirilgan.Zavod 
yoqilg’i –moy yo’nalishida ishlaydi. 
Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so’ng, og’ir qoldiq mazut 
vacuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga 
ajratiladi. Har qaysi fraksiya aloxida – aloxida tozalanib, ulardan turli 
moylar olinadi. 
Hozirgi kunda zavvodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar 
ishlab turibdi. Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni 
haydaydigan AVt qurilmasi ishga tushirilgan, AVT qurilmalari 
foydalanishga topshirildi. 1965-1968 yillarda yiliga 300 va 600 ming 
tonna benzinni reforming etuvchi qurilmalar ishga tushirildi. 
Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok 
qurilgan. Yiliga 500 tonna tirli xildagi moylar, zarur moy mahsulotlari 
bilan to’la ta’minlanadi. 
Katalitik reforming qurilmalarida A
П-56, AП-64 markali 
alyumoplatina katalizatori ishtirokida benzinni oktan soni ko’tarilar 
edi. 1995-1997 yillarda 
ЛЧ-35\11-600 qurilmasi Fransiyaning 
“Prolaktizin” firmasi bilan hamkorlikda qaytadan ta’mirlangan. 
Alyumoplatina katalizatorini o’rniga tarkibida reniy v aboshqa 
metallar qoshilgan. H-582 va h-482 markali katalizatorlar joylandi. 
Qurilmaning gidroochistka blokida ya’ni benzinni oltingugurtli 
birikmalardan tozalash uchun alyumokobaltmolibden katalizatori 


o’rniga HK-306 katalizatori joylanadi.Buning natijasida zavod 
tarkibiga tetraetilsvint (TEC) qo’shilmagan turli xil uiqori oktan sonly 
ekologik toza avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga 
ega bo’ldi. 
Zavodda dizel yoqoilg’isini gidroochistka etadigan qurilm ayo’q 
edi. 1997-1999 yillarda Yaponiyaning “EKDKO, LTD” va “Toyo 
injiriring korporeshn” firmalari bilanhamkorlikda yangi qurilma ishga 
tushirildi. Hozir zavod kam oltingugrtli ekologik toza dizel yoqilg’isi 
ishlab chiqarmoqda. 
Shunday qilib, Respublikamizning “O’zneftgaz” holding 
shaklidagi milliy korporatsiyaning korxonalari mamlakitimizning xalq 
xo’jaligining tarmoqlarining sifatli neft va gaz mahsulotlari bilan to’la 
ta’minlanmoqda. 
Chetdan bu mahsulotlar olib kelinmaydi. Yuqorida neft va gz 
kondensati bir xil texnologik qurilmalarda qayta ishlanadi deb aytib 
o’tgan edik. Shu sababli bizning loyiha ishimiz farg’ona neftni qayta 
ishlash zavodining asosiy texnologik qurilmalariga 
asoslangan.Oltiariqdagi zavodda mazutni termik kreking jarayoniga 
berilib mazutdan qo’shimcha ravishda yengil fraksiyalari olinadi. 
Neftdan olingan benzin fraksiyasini oktan soni 55-60 ga 
teng.Uni avtomobilllarda ishlatib bo’lmaydi. 
Benzinni katalitik reforming qilish qurilmalarida oktan sonini 
oshirilib, undan sifatli mahsulot olinadi. 
Neftdan olingan kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini 
tarkibida oltinguggurt birikmalari ko’p. ularni gidroochistka 
jarayoniga berilib, merkaptanlar va boshqa birikmalardan tozalanadi.
Vacuum sharoitida ishlaydigan kolonnadan olinadigan moy 
fraksiyalarini har qaysisini alohida –alohida qayta ishlanadi. 
Birinchi navbatda ularnitarkibidagi aromatic uglevodlardan va 
smolasimon birikmalar ajratib olinadi. Keyin yuqori molekulali qattiq 
parafinlar ajratib olinadi. 



Yüklə 395,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin