fayzli qadamlardan biridir. Zero, ta`lim muassasalarida
psixologik xizmat
bolalarining iqtidorini aniqlash, ularni o`z jismoniy va ruxiy imkoniyatlariga
mos ta`lim muassasalariga, kasblarga yo`llash
orqali ulardan mavjud
iste`dodlarning yanada rivojlanishi, amaliy faoliyatida samarali natijalarga
erishishlariga xamisha yordam beradi. Shu bois, ta`lim muassalarida psixologik
xizmatini takomillashtirish masalasi xozirgi
kunnig dolzarb muamolardan
biridir.
Bugungi kunda maktablarda amaliyotchi psixolog mutaxasisligini zarur
extiyoj sifatida qabul qilinishi ushbu yo`nalishda kutilgan eng muxim qadamlardan
biri deyish mumkin.
Keyingi paytlarda Respublikamizdagi barcha umum ta`lim maktablarida
oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida olib borilayotgan amaliy ishlar o`sib
kelayotgan yoki bunyodkor avlodni ijtimoiy taraqqiyot asosida tarbiyalashni
ta`minlashga xizmat qilmoqda. Shunday bo`lsada xali
xam bu borada yechimini
kutayotgan pedagogik-psixologik muamolar talaygina. Bu muamolar eng avvalo
umumta`lim maktablarida o`quvchi shaxsini o`rganish va rivojlantirish jarayonida
shaxsni tarbiyalash jarayonlari bilan bevosita bog`liqdir.
Talaba Saylxonova Mahliyo Ramazonovana tomonidan tayyorlangan bitiruv
malakaviy ishi ham mazkur muammoga bag`ishlangan bo`lib, haqiqat ham
dolzarbdir.
Bitiruv
malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi yoritilgan,
maqsad va vazifalar,
shuningdek, tadqiqot predmeti va ob’ekti mavzuga mos
keladi.
Bitiruv
malakaviy ishining birinchi bobi “Ta`lim sohasiga psixologik xizmatning
kirib kelishi” deb nomlanib uning “Chet-el va O`zbekiston ta`lim tizimiga
psixologik xizmatning tadbiq etilish” nomdagi birinchi paragafida malakatimiz va
hamdo`st mamlakatlarning xalq ta’limi tizimiga psixologik
xizmatni joriy etish
to`g`risidagi fikrlari tahlil qilingan. Ikkinchi „Xalq ta`limi tizimida pisixologik
xizmat“ paragrafida Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi, o`rta
maktabdagi o`quv tarbiya ishlarini yaxshilash kabi fikrlar bayon etilgan iboratdir.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliyotchi
psixologning vazifalari va ish mazmuni” deb nomlanib unda maktab amaliyotchi
psixologning vazifalari va ish mazmuni 5-paragrafda yoritb o`tilgan.
Bitiruv
malakaviy ishi oxirida tegishli xulosalar berilgan. Ishda 50 nomdagi
adabiyotdan foydalanilagan.
Bitiruv malakaviy ishida ayrim kamchiliklar ham bor.
Ular quyidagilar:
1. Ishda ayrim xatolar va g’aliz fikrlar bor.
2. Xulosa qismini yanada kengaytirish kerak.
4. Adabiyotlar ro’yxati bitiruv malakaviy ishga qo`yilgan talab bo’yicha
rasmiylashtirilishi kerak.
Talaba Saylxonova Mahliyo Ramazonovana bitiruv malakaviy ishi
tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya qilsa bo`ladi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: