Involta Ilmiy Jurnali Vol. 1 No.6 (2022)
360
Shvetsiya (65,9 milliard kVt / yil), 8 reaktorlari (ishlab chiqarilgan
elektr energiyasining 40,3%).
Insoniyat rivojlangan sayin ko’proq zaxira va energiyani iste’mol qilmoqda.
Jahonda 2021 yilda 1990 yilga nisbatan 2 barobardan oshiqroq energiya talab
qilinmoqda va shu yaqin oraliqda mamlakatimizni qaraydigan bo’lsak 2016- yilda
energiya ehtiyoji kunlik 142.1mln kVt*h bo’lgan bu ko’rsatgich 2021- yilga kelib
205.1mln kVt*soatni tashkil qilgan bundan esa ehtiyoj 44.3% oshganini ko’rishimiz
mumkin. Bugungi kunga kelib insoniyat eketromabillardan foydalanishga
o’tishmoqda yani endilikda yonilg’i sifatida ishlatib kelingan yoqilg’ilar turlari
o’rnini ham elektr energiyasi bilan qoplashmoqda bu degani elektr energiyasiga
bo’lgan talab tez orada yuqori suratda o’sish ehtimolini ko’rishimiz mumkin
degani. Bugungi kundagi olimlar fikrlari va faktlar shuni ko’rsatadiki o’sib
borayotgan energiya ehtiyojini qoplashning eng maqbul ekologik yo’li bu
bosqichma bosqich AES lardan foydalanish suratini o’stirib borishdir.
Quyida
keltrilgan ma’lumotlardan kelib chiqan holda shuni aytish mumkinki bugungi kunda
eng rivojlangan davlatlar energiya tizimining katta qismini AES lar tashkil
qilmoqda . Bunga ko’ra biz ham energetik rivojlanish yo’li sifatida va energiya
taqchiligi mavjud hududlarda energiya manbayi sifatida AES lardan
foydalanadigan bo’lsak maqsadga muvofiq kelar ekan. AES lardan foydalanishning
yana bir muhim foydali tarafi shundaki AES lar ekologik jihatdan ham toza energiya
manbai hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan jadval-1 dagi ma’lumotlardan shuni
aytishimiz mumkinki AES lar orqali havoga ajralishi mukin bo’lgan zararli gazlar
miqdori IES larga nisbatan bir necha o’n barobarga kam hamda elektr manbalari
ichida eng ekologik jihatdan eng toza energiya manbai sifatida AES larni
ko’rsatishimiz mumkin bo’ladi. Shu bilan bir qatorda AES lardan foydalangan holda
yaqin kelajakda IES yoqilg’li manbalari bo’lgan neft va gaz yer osti va yer usti
boyliklarini tejash va samarli ishlatish imkonyatiga ega bo’lamiz.
AES lardan foydalanishimiz zarur bo’lgan yan bir muhim tarfini aytib
o’tadigan bo’lsak bugungi kunda AES larda ishlatiladigan xom ashyolarning