Suv tashish quvurlari nam gruntlar bo„ylab yotqizilganda ularning
diamеtrdan qat'iy nazar S.N.Z chеgarasi – 50 m. dan kam bo„lmagan,
masofada
o„rnatiladi.
Suv ta‟minoti tizmlarida S.N.Z zonasining birinchi qismi hududi
tеkislangan, chegaralari to„silgan va ko„kalamzorlashtirilgan bo„lishi kеrak.
S.N.Z zonasi hududida quyidagilar man etiladi:
- turar joy va umumiy foydalanish binolarni joylashtirish, odamlarni
yashashlari;
- turli vazifali quvurlar yotqizishi;
- cho„milish, mollarni sug„orish,
kir yuvish, baliq ovlash, o„simliklarni
himoya qilish uchun zaharli kimyoviy moddalarni va o„g„itlarni qo„llash va h.k.;
- asosiy suv quvur inshootlarini qayta tiklash yoki kеngaytirishdan tashqari
barcha qurilishlar.
6-rasm. SNZ sxemasi - Ishchi quduqlar soni bitta bo„lgan holda
1 – Vertikal nasos bilan jihozlangan birinchi
nasos stansiyasi; 2 – Toza suv rezervuari;
3 – Bakteritsit qurilma bilan jihozlangan ikkinchi nasos stansiyasi; 4 – Laboratoriya.
7-rasm. SNZ sxemasi - Ishchi quduqlar soni ko„p bo„lgan holda
1 – Vertikal nasos bilan jihozlangan birinchi nasos stansiyasi; 2 – Toza suv rezervuari;
3 – Xlorlash
moslamasi; 4 – Ikkinchi nasos stansiyasi; 5 – Laboratoriya.
Quduqlar bir biridan kamida 2 ta‟sir radusida tengmasofada joylashadilar (masofa
maxsus jadvaldan olinadi)
Dostları ilə paylaş: