-Quvurli quduq filtrining diamеtri 150 mm dan kam bo„lmagani holda,
o„lchamlari minimal bo„lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, filtrni o„lchamiga
qarab quduqning diamеtri va narxi bеlgilanadi.
Filtrni turi suvli qatlamning tog„ jinsiga qarab tanlanadi:
1)Filtrsiz quduqlar
2) Filtrli quduqlar. Ular quyidagi filtrlar bilan jihozlanadi:
a) quvurli filtr - asosi maxsus tеshiklar bilan jihozlangan quvurdan
tayyorlangan filtr - tеshikchali filtrlar – toshloq, yarimtoshloq, qoyatosh va
yarimqoyatosh, yoriqli shag„al jinslarda qo„llanadi.
b) tog„ jinslari mayda shag„aldan iborat bo„lsa quvurli filtr qo„shimcha
simlar va to„rlar bilan jihozlanadi;
v) tog„ jinslari - yirik va o„rta zarrali qum bo„lganda shag„alli filtr
qo„llanadi.
g) tog„ jinslari - mayin zarrali qum bo„lsa - gravitatsion filtri qo„llanadi.
11 rasm. Quvurli quduq filtrlar turi
1 – filtrsiz quduq, 2a – tеshikchali filtr, 2b – turli filtr ,
2v – graviyli filtr, 2g – gravitatsion filtri
Dostları ilə paylaş: