Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-471-477
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
471
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
HARAKATLI O‘YIN VOSITALARI ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA HARAKAT SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH
Yashnarjon Mahkamovich Abdullayev
Termiz davlat universiteti o’qituvchisi
yashnar2020@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida harakat sifatlarini rivojlantirishda
harakatli o'yinlardan vosita sifatida to'g'ri foydalanish muhokama qilinadi.
Zamonaviy O'zbekistonning hozirgi bosqichda boshlang’ich sinf o'quvchilarini
jismoniy tarbiya sohasidagi muammolari ochib berilgan. Dars shaklida boshlang'ich
sinf o'quvchilarining harakat sifatlarini rivojlantirishni tabaqalashtirilgan dasturlash
bilan bog'liq yangi yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqiladi, bu
maktabda jismoniy tarbiya muammolarini hal qilishni takomillashtirishga imkon
beradi. Ishlab chiqilgan uslublarning ijobiy ta'siri aniqlanadi. Belgilangan vazifalarni
hal qilish uchun tadqiqot usullari majmuasi qo'llaniladi: tadqiqot muammosi bo'yicha
psixologik-pedagogik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, o'quv dasturlarini tadqiq
qilish; empirik - pedagogik kuzatish, so'rovnoma qilish; tadqiqot natijalarini qiyosiy
tahlil qilish usullari. Jismoniy tarbiya jarayonida o'quvchilarning harakat faolligini,
axloqiy-irodaviy sifatlarni shakllantirish diagnostikasi uchun muallif uchta tarkibiy
komponentni aniqladi: kognitiv, hissiy-motivatsion va faollik.
Dostları ilə paylaş: |