33
sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning
xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik
nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi –
Marshallning nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir
tovarga narx qanday belgilanishininazariy jihatdan asoslab berishdir.
Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda
pul kelib chiqar ekan, uning kelib
chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga
ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik
va evolyutsion yondashuvgv
bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning
kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr
bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
mahsuli deb ko’rsatishadi.
Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib,
qiymato’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda
pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida
kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan
pullar ham
ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd
bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: