49 YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 4-SON (YOʻPA) Bu yerga qurilish materiallari uchun shkaf joylashtirilib, qurilish uchun joy ajratiladi. Kitoblar
va stol-bosma o‘yinli mashg‘ulotlar uchun esa o‘yin zonasidan chetroqda, osoyishtaroq joy
ajratiladi.
Xilma-xil bilish faoliyatini uyushtirish, shuningdek bolalarni mehnatga odatlantirish
maqsadlarida tabiat burchagi jihozlanadi: bunda baliqli akvarium, qushlar solingan qafas va
mayda jonivorlar qo‘yilgan jihoz va turli o‘simliklar joylashtiriladi. Sayr vaqtida kichik yosh va
o‘rta guruh bolalari tomorqa (uchastka) da bo‘ladilar. Bu joy o‘yinlar va sport ko‘ngil
ochishlari uchun moslashtirilgan bo‘lishi muhimdir. Olib chiqiladigan o‘yinchoqlarni
joylashtirish uchun stol, o‘rindiq qo‘yiladi, suv va qum o‘yinlari uchun qumxona, rezervuar va
shu kabilar qilinadi.
1. Kun tartibini uyushtirish. Guruhlardagi to‘g‘ri kun tartibi to‘rt va besh yoshli bolalar hayotining rejimi bilan belgilanadi.
Har bir rejim jarayoni bolalarning yosh imkoniyatlaridan kelib chiquvchi ma’lum
davomiylikka egadir.
Kichik yosh guruhi bolalari turmush faoliyatida unchalik mustaqil emasliklari uchun barcha
rejim jarayonlarini o‘tkazish qoidasi bir faoliyat turidan ikkinchisiga utishni tarbiyachi bolalar
bilan birga uyushtiradi va o‘tkazadi. U navbatdagi jarayonga bolalarning kichik yosh guruhi
(3-4 kishi) ni doimo jalb qiladi, qolgan bolalar bu vaqtda o‘yin bilan band bo‘ladilar.
Tarbiyachi sayrga chiqish uchun kiyinish va ovqatlanishga tayyorlanishdagi yuvinishga
ko‘pincha bu malakalarni yaxshi egallamagan hamda bu ishlarga boshqalarga nisbatan
ko‘proq vaqtni sarflaydigan bolalarni, shuningdek shu vaqtda band bo‘lmagan, berilib
o‘ynayotgan bolalarni jalb qiladi.
Tarbiyachi, shuningdek, bolalarga bir rejim jarayonidan ikkinchisiga o‘tishlari va ularni
bajarishlarida yordam beradi. Bunda tarbiyachining bolalar bilan to‘g‘ri muloqot shakli, o‘yin
ustalari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Tarbiyachining so‘zlaridan bolalar xayrixohlikni va
zarur narsani to‘g‘ri bajara olishlariga ishonchni his qilishlari zarur. Tarbiyachi ovozining
ohangi hech qachon bolalarning ruhini tushurmasligi, tashabbuslarni bo‘g‘masligi kerak,
bolalar tarbiyachining iltifotiga va qo‘llab -quvvatlashiga ishonishlari kerak.
Faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishi bolalarni intizomli qiladi, faollik va mustaqillikka
odatlantiradi, busiz esa o‘z-o‘zini tartibli qilib bo‘lmaydi, shuning uchun talabchanlikni bolaga
e’tibor bilan singdirish lozim. Rejim jarayonining har kuni takrorlanishi, kichkintoy uchun
qulay hayot maromi bolalarda harakatlarni almashlashga tez kirishib ketish ko‘nikmasini
tarbiyalaydi, yaxshi kayfiyatningyuzaga kelishiga yordam beradi. Bolalar hayotini to‘g‘ri
tashkil etish, ularni bir butun tarzda tarbiyalashni tashkil etish maqsadlarida har ikkala guruh
bolalarini turmush mehnatiga, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga jalb qilinadi. Kichik yoshdagi
bolalarning mustaqilliklarini, umumiy sur’atda harakat qila bilishlarini aynan o‘z-o‘zishga
xizmat, madaniy-gigienik malakalarini egallash belgilaydi. Kichik guruhda bolalarning o‘z-
o‘ziga xizmatlarini tashkil etish tarbiyachidan doimiy e’tiborini va turli metodlardan
foydalanishni talab qiladi. Bolalarga rejim bo‘yicha yashash, bir rejim jarayonidan ikkinchisiga
osoyishta o‘tish odatlantirilar ekan, tarbiyachi bolalarning mustaqilliklarini harakatlarni
ko‘rsatish va tushuntirish orqali rag‘batlantiradi.
2. O‘yinlar va ularning bolalar faoliyatini tashkil etishdagi o‘rni. Kun tartibida o‘yinlarga ajratiladigan muhim o‘rin, ularning bolalarni har tomonlama
tarbiyalash, bolalar jamoasini tarkib toptirishdagi o‘rnidan kelib chiqadi. O‘yinlarda bolalar