48
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 4-SON (YOʻPA)
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINI
TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Hallakova Maksuda Ergashevna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Nosirova Hurmatoy Namozboy qizi
Farg‘ona davlat universiteti,
Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 26- mart 2023 yil
Ma’qullandi: 01-april 2023 yil
Nashr qilindi: 08-april 2023 yil
Maktabgacha yoshidagi bolalarning tarbiyasi maqsad va
vazifalarini amalga oshirish, ular hayotini tashkil
etishning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil
etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks
yondoshish asosida, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va
metodlari birligi asosida quriladi.
KEY WORDS
kasb
egalari,
uyushtirish,
odatlantirish,
rejim,
o‘yin,
talablar;
Yosh avlod tarbiyasi umumxalq ishidir. Respublikamizda
bevosita tarbiya ishi bilan
shug‘ullanishga da’vat etilgan muassasalardan tashqari, turli kasb egalari ham bu muhim
ishda qatnashadilar. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan
odamlarda mehnat faoliyati
jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlata
bilish ko‘nikmalari hosil bo‘ldi, bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur
o‘sib, kamol topib boradi. Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan bu muhim vazifani amalga
oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘g‘ini
bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari muhim rol o‘ynaydi. Ishning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan tarbiyachiga bog‘liq.
Mashg‘ulotlar ta’limning tashkiliy shakli sifatida bola bilan yakkama-yaka
yoki bolalarning
kichik guruhi yoki butun guruh bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni uyushtirish shakli,
ularning mazmuni bolalarning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mashg‘ulotlar har kuni
bolalar bilan bedorlik chog‘ida o‘tkaziladi.
Kichik yosh va o‘rta guruhlardagi bolalar hayotini tashkil etish bolalarning tegishli yosh
xususiyatlari hamda har tomonlama va uyg‘un tarbiyalash maqsadlariga muvofiq keluvchi
turli tarbiya vositalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. O‘rta guruhda faoliyatni to‘g‘ri
tashkil etish bolalarning o‘sgan mustaqilliklari va o‘z-o‘zlarini uyushtirish ko‘nikmalariga
tayanadi. Guruhlarning jihozlari.
Bolalar stol va stullari, o‘yinchoq va qo‘llanmalar uchun
shkaflar bo‘y-yosh normativlariga ko‘ra tanlanadi va ularga kelish bolalar uchun qulay
bo‘ladigan qilib joylashtiriladi. Kichik guruhning o‘yin xonasida o‘yin
uchun bir necha
burchaklar jihozlanadi, yirik o‘yin qo‘llanmalari qo‘g‘irchoqlarning kiyimlari uchun shkaflar,
plita, dazmollash taxtasi ularga ikki-uch bola bir vaqtda kela oladigan qilib joylashtiriladi.
O‘rta guruhning o‘yin xonasida asosiysi bir necha zonalar bo‘lishidir: masalan, birinchi o‘yin
zonasida tokchali shkaf qo‘yilib, unga qo‘g‘irchoq bilan o‘ynashda kerak bo‘ladigan
hamma
narsa joylanadi. Ikkinchi o‘yin zonasi qurilish materiallari uchun.