Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture


Innovative Academy Research Support Center  UIF =



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#128314
1   2   3   4   5   6
o\'smir addiksiya

 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | SJIF = 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 5, May 2023 ISSN 2181-2888 
Page 174 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE
ibtidoiylashuvi, oilaviy va ijtimoiy munosabatlardagi faollikning asta-sekin zaiflashishi, 
adekvat xatti-harakatlar va o‘z-o‘zi tanqidiy yondashuvda buzilishda namoyon bo‘ladi. 
O‘smirda shaxsiy inqiroziga qo‘shimcha ravishda, kognitiv faoliyatda o‘zgarishlar 
boshlanadi. Giyohvand moddalarga tobe o‘smirlarning fikrlashi chuqurlikni yo‘qotadi, 
mulohazalarning mantiqiyligi va izchilligi buziladi, assotsiatsiyalar zaiflashadi, qisqa muddatli 
va uzoq muddatli xotira hajmi torayadi. Bunday o‘smirlar uzoq vaqt davomida diqqatni jamlay 
olmaydilar, ular tez charchaydilar, nisbatan oddiy aqliy ishlarni bajarishda tobora ko‘proq 
xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Ta’lim sohasida motivatsiyasining etishmasligi kuzatiladi.Bularning 
barchasi ta’lim samaradorligiga tabiiy ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, o‘smir shaxsiyatning o‘zgarishi hissiy, irodaviy va intellektual 
degradatsiyani o‘z ichiga olgan psixosotsial degradatsiya deb ataladi. 
Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, potentsial “xavf guruhi” ga kiradigan o‘smirlarda 
addiktiv xulq shakllanishining ijtimoiy psixologik omillari quyidagicha: 
- o‘smirda o‘ziga bo‘lgan ishonchning kuchayishi, haddan tashqari egosentrizm va 
atrofidagilarning e’tiborga tashnalik
- atrofidagilarning holatini tushuna olmaslik, empatiyaning pastligi, muloqot qobiliyatlarining 
yomon shakllanishi; 
- hissiy labillikning kuchayishi, kayfiyatning oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgaruvchanligi, 
qo‘pollik. 
- o‘z muammolari uchun javobgarlikni boshqa odamlarga yuklash yoki ularni omadsizlik 
oqibati deb bilish, shuningdek, muvaffaqiyat va yutuqlarni omad yoki tashqi sharoitlar oqibati 
deb hisoblash; 
- o‘z harakatlari va muhim hayotiy voqealar o‘rtasida bog‘liqlikni idrok etolmasligi; 
- muhim hayotiy vaziyatlarni o‘z-o‘zini nazorat qila olmaslik, o‘z hayotini tashkil etish, 
sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning rivojlanishining oldini olishda o‘z rolini etarli darajada 
baholamaslik va boshqalar. 
Shaxs tiplariga kelsak, potentsial “xavf guruhi” o‘smirlari orasida eng ko‘p 
uchraydiganlari emotsional labil, isterik va shizoid turlardir. Korolenko va Segal (1991) 
taʼrifiga koʻra, addiktiv xulq shaxs o‘z ruhiy holatini oʻzgartirish orqali haqiqatdan qochish 
istagi bilan tavsiflanadi. Ushbu ta’rif addiktiv xulq shakllarining barchasiga tegishli. O‘smirda 
ruhiy holatni o‘zgartirish orqali haqiqatdan qochish turli usullar yordamida sodir bo‘lishi 
mumkin. Har bir insonning hayotida ruhiy holatini o‘zgartirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan 
holatlar mavjud bo‘lib, ushbu maqsadga erishish uchun o‘smir odatlarga, stereotiplarga 
aylangan individual yondashuvlarni “ishlab chiqadi”. Giyohvandlik muammosi ruhiy holatning 
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan voqelikdan qochish istagi ongda hukmronlik qila boshlaganda, 
hayotga bostirib kiruvchi, voqelikdan ajralishga olib keladigan markaziy g‘oyaga aylanganda 
boshlanadi. Bunday jarayon mavjud bo‘lib, unda inson nafaqat o‘zi uchun muhim 
muammolarni hal qilmaslik, balki uning ruhiy rivojlanishida ham to‘xtaydi (Ts.P. Korolenko, 
N.V. Dmitrieva, 2001) 
Haqiqatdan qochish mexanizmi quyidagicha, o‘smir tanlagan usul ishladi, yoqdi va 
yaxshi holatni ta'minlaydigan holat faol davo sifatida ongida mustahkamlandi.Kelajakda qaror 
qabul qilishni talab qiladigan qiyinchiliklar bilan uchrashuv avtomatik ravishda muammoni 
hal qilishning “ertangi kunga” o‘tkazilishi bilan almashtiriladi. Asta-sekin, ixtiyoriy harakatlar 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin