Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix10.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#128314
  1   2   3   4   5   6
o\'smir addiksiya



 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | SJIF = 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 5, May 2023 ISSN 2181-2888 
Page 173 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE
O‘SMIRLARDA ADDIKTIV XULQ SHAKLLANISHINING 
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI 
Mamajonova Shoxista Kamoldinovna 
Farg‘ona davlat universiteti psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi 
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.7957112
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 14
th
May 2023 
Accepted: 21
th
May 2023 
Online: 22
th
May 2023
 
 
Ushbu maqolada o‘smirlik davrini shaxs rivojlanishining 
alohida yosh bosqichi ekanligi, xulq-atvori buzilishlari 
yaqqol namoyon bo‘layotgan o‘smirlar soni ko‘payib, 
addiktiv xulqning eng keng tarqalgan va eng muhim 
shakli kimyoviy tobelik, xulq-atvori buzilishlari yaqqol 
namoyon bo‘layotgan o‘smirlar ko‘payishiga sabab 
bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar batafsil yoritilgan. 
KEY WORDS 
Oila turlari, kimyoviy qaramlik, 
muvaffaqiyatsizlik, 
nizolar, 
yolg‘izlik hissi, ishonchning 
yetishmaslik, addiktiv xulq. 
Aksariyat mamlakatlarda addiktiv xulq muammosi ko‘proq o‘smirlik bilan bog‘liq. 
O‘smirlarda addiktiv xulqning paydo bo‘lish jarayoni alohida e'tiborni talab qiladi. Addiktiv 
xulq (inglizcha addiction - zararli, yovuz moyillik) - buzg‘unchi, deviant xulq shakllaridan biri 
bo‘lib, u ruhiy holatda o‘zgaridh qilish, haqiqatdan qochish istagida ifodalanadi. Chunki 
o‘smirlarda addiktiv xulq namoyon bo‘lishining eng keng tarqalgan shakllarining barqaror 
o‘sishi kuzatiladi. O‘smirlarning addiktiv xulq muammosi nafaqat tibbiy yoki axloqiy 
muammo, balki juda muhim ijtimoiy psixologik muammodir, chunki o‘smirning ruhiy 
salomatligi alohida davlatning ham, insoniyatning ham salomatligi, xavfsizligi va genofondini 
saqlash bilan bog‘liq.
O‘smirlik davrini shaxs rivojlanishining alohida yosh bosqichi sifatida aniqlash 19-
asrning ikkinchi yarmida sodir bo‘ldi. O‘shandan beri o‘smirlik davri muammolari ko‘plab 
olimlar psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, madaniyatshunoslar, sotsiologlarning diqqat 
markazida bo‘lib kelmoqda. O‘smirlik - bu bolalikdan kattalikka o‘tish, o‘smirlik inqirozining 
salbiy xususiyatlari aniq namoyon bo‘ladigan davrdir. 
Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, so‘nggi yillarda xulq-atvori buzilishlari yaqqol namoyon 
bo‘layotgan o‘smirlar soni ko‘paydi. Addiktiv xulqning eng keng tarqalgan va eng muhim 
shakli kimyoviy qaramlikdir. O‘smirlar va o‘rta maktab o‘quvchilari orasida spirtli 
ichimliklarni iste'mol qilish holatlari nafaqat o‘g‘il bolalarga, balki qizlarda ham uchrab turishi 
afsuslanarli holat. O‘smirlik davrida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishning o‘zi iste’mol 
qilingan miqdordan qat’i nazar, patologiya hisoblanadi. 
Xulq-atvor buzilishlari yaqqol namoyon bo‘layotgan o‘smirlar soni ko‘paydi. Addiktiv 
xulqning eng keng tarqalgan va eng muhim shakli kimyoviy qaramlikdir.Shaxsning tanazzulga 
uchrashi axloqiy qashshoqlik, keyinchalik ularning butunlay yo‘qolishi, his-tuyg‘ularning 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin