1.3. O’zbekistonning bozor tarixi
Umuman O’zbekistonning keyingi bozor tarixi Turkiston bilan bog’liq
1
Temur tuzuklari – Toshkent, Matbaa birlashmasi, 1991y. 61-bet.
2
Temur tuzuklari – Toshkent, Matbaa birlashmasi, 1991y. 61-bet
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
15
bo’lgan. Bunda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, rus mustamlaka davri
alohida o’rin egallaydi. Bu davrda bozor munosabatlari bir qadar kengayib, bir qator
o’zgarishlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar ham miqdor, ham sifat o’zgarishlarini o’z
ichiga oladi. O’rta Osiyo iqtisodiyoti Rossiya iqtisodiyoti manfaatiga bo’ysundirildi.
Bunda, avvalo paxtachilikka va bog’dorchilikka katta ahamiyat berildi. Rossiya
mustamlakachilik siyosatida paxtachilik asosiy o’rin egallab, bu tarmoq imkoni
boricha kengaytirildi va O’zbekistonning paxta xom ashyosi bilan Rossiya
to’qimachiligi sanoati to’la ta’minlanib, hatto Rossiya uni chetga ham eksport qildi.
Bu borada mustamlakachilik siyosati imkoniyatlaridan to’la foydalanildi. Chunki bu
yo’l bilan tabiiy boyliklar va arzon mehnat va resurslaridan juda yuqori foyda olinar
edi. Shu bilan birga hunarmandchilik mahsulotlari ham arzonga olib ketilar, bu
tarmoq ham ancha jonlangan va o’ziga xos bozorgir mollar ishlab chiqarilar edi.
Mustamlaka davrida sanoat yuzaga kela boshladi. Bu asosan qishloq xo’jalik
mahsulotlariga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq bo’lib, bular asosan paxta
zavodlarini tashkil etar edi.
Davr o’tishi bilan hududimizga Ovro’paga xos bo’lgan savdo ham kira
boshlaydi va Sharq savdosi xususiyatlari yanada boyiydi. Bunda kapitalistik
munosabatlarning kirib kela boshlashi ahamiyatlidir. Texnik ekinlar maydonining
kengayishi, temir yo’l qurilishi, xo’jaliklarning sanoatga bog’liqligi kuchayishi
kabilar tovar - pul muomalalarini jonlantiradi.
Hozirgi O’zbekiston hududida paxta maydonlari 1860 - 1915 yillar ichida 36
ming gektarga, paxta etishtirish esa 25 ming tonnadan 830,9 ming tonnagacha
o’sgan. Bundan tashqari Rossiyaga pilla, teri-charm, jun, mevalar etkazilib turilgan.
1915 yili 80 ming tonna pilla, 1800 ming dona qorako’l teri, 11,2 mln.so’mlik meva
Rossiyaga tashilgan.
Rossiyaga olib ketilgan mahsulot miqdori 1857 yildagi 3838,8 ming so’mdan
1914 yilda 269079,0 ming so’mga o’sgan. Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan
tovarlar miqdori shu vaqt ichida 6047,5 ming so’mdan 243574,0 so’mga etgan.
Bunda chetga chiqarilgan mollar asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’lsa, chetdan
olib kelingan mollar sanoat iste’mol mollarini tashkil etgan.
Yirik savdo do’konlari, katta magazinlar asosan ruslar turgan mavzelarda
ochilgan. Bozor munosabatlarini kengaytiradigan birja, yarmarka va banklar
ochilgan. Eng birlamchi va ahamiyatli savdo birjasi 1906 yili Qo’qonda ochiladi va
kon’yunkturani ko’rsatib turuvchi «Kokandskiy birjevoy komitet» byulleteni nashr
etiladi.
Mustamlaka davrida Toshkent va Qo’qon iqtisodiy markazga aylandi. Ayniqsa,
Qo’qon eng ahamiyatliliga sabab Farg’ona vodiysining paxtasi edi.
Bu davrda kooperativ savdosi paydo bo’la boshladi. Bular asosan matlubot va
ssuda kooperativlari bo’lib, ular Foydalanilgan adabiyotlarqat rus aholisi ichida
tarqalgan edi.
Umumiy qilib aytganda, Turkistondagi bozor savdosi mustamlaka mazmunida
bo’lib, u Foydalanilgan adabiyotlarqat Rossiya manfaatiga qaratildi, mavjud bozor
munosabatlari ichki xo’jalik munosabatlariga deyarli tub o’zgarish kirita olmadi va
asosan tashqi ta’sir, ya’ni Rossiya ta’sirida bo’ldi. Shuning uchun ham u Rossiya va
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
16
Turkiston hamda Turkiston orqali Rossiya va Sharq, Janub mamlakatlari o’rtasidagi
mahsulot harakatlarini o’z ichiga olgan edi. Shunga ko’ra Turkiston Rossiyaning
Хitoy, Hindiston, Eron, Arab mamlakatlari bilan bo’lgan tashqi savdosida oraliq
vazifasinigina bajarib, o’zi hech qanday mustaqillikka ega emas edi.
Mustamlakachilik, ayniqsa tengsiz-ekvivalentsiz ayirboshlashda o’z aksini
topadi. Masalan, Rossiyaga chiqarilayotgan xomashyo o’z qiymati bilan sotib
olinmasdi. Jumladan 1915 yili chor hukumati tozalangan paxtani sotib olish narxini
bir pud uchun 24 so’m belgiladi, bu mahalliy bozordagiga nisbatan 3 barobar past
edi. Rossiyadan asosan iste’mol buyumlari keltirilib, ularning ichida metall buyumlar
9-10 foiznigina tashkil etardi va oldindan kelishilgan narxlar bo’yicha sotilib, bular
mavjud narxlardan ancha yuqori edi.
Paxtakor, pillakor, qorako’lchi asosan qarz hisobiga tirikchilik qilganlari
uchun pirovardida mahsulotlarini arzonga sotishga majbur bo’lar edilar. Chunki,
qarzning asosiy qismi pul bilan emas, balki tayyor mahsulotlar bilan berilardi.
Masalan, 1912 yili Turkiston dehqonlari hosilni olgandan keyin ham Foydalanilgan
adabiyotlarqat qarzlarining 60 foizinigina to’lay olganlar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|