«BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES ASOSLARI» FANIDAN ISHCHI DASTUR Tuzuvchilar: Ishmuxamedov A.E., Siddiqova L.A., Eshov M.P. 1.SO’Z BOSHI O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qudratli mustaqil davlatga aylanishi esa bozor
iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu
ikki bir-biriga uzviy bog’liq ulug’vor ishni bir tarixiy davrda uddalashdek og’ir
muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir tomondan,
eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechish, ya’ni iqtisodiy tizimga o’tish bo’lsa, ikkinchi
tomondan- mamlakatni og’ir iqitsodiy ahvoldan olib chiqish, iqtisodiyotga yangi
sifat berish, barqaror o’sish sur’atlarni baxsh etish va biznes asoslarini yaratish bilan
amal qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari butun bir iqtisodiy tizimdir, murakkab
munosabatlar kompleksidir. Buning ma’nosi shuki, bozor munosabatlarini doimo
o’rganib borish asosidagina muvaffaqiyatli xo’jalik yuritish, yuksak natijalarga
erishish, o’z mulkingiz va mablag’larimizdan eng yuqori, oqibati natijasida farovon
va to’q xayot kechirish mumkin, odamlarda yaxshi yashash ko’nikmalarni hosil
qilish esa biznes asoslarini egallash orqaligina ta’minlanadi. Buni bozor
munosabatlari asosida yashayotgan, rivojlanib borayotgan o’nlab mamlakatlar va
xalqlar hayotidan ko’rib turibmiz.
Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini o’rganish bo’icha ancha-muncha ishlar
qilinmoqda, turli mavzularda ma’ruzalar o’qilayapti, kurslar, xilma-xil biznes
maktablar, seminarlar tashkil etilmoqda, iqtisodiy litseylar, kollejlar va sinflar
ochilmoqda. Biroq, bunday uslubiy ishlar samara bera olmaydi, chunki kishilarda
chuqur bazaviy iqtisodiyoti va biznes asoslari bilimi etishmaydi. Axir hanuzgacha
bizning o’rta maktablarimizda, hunar texnika bilim yurtlarimizda iqtisodiyot va
biznes asoslari ta’lim berish bilan tushuniladigan iqtisodchi pedagog kam.
Ushbu vazifalarni o’z vaqtida hal etish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilish kichik va o’rta biznes korxonalarining faoliyat ko’rsatishi va ularning
rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish hamda istiqboldagi o’zgarishi haqida ilmiy
asoslangan iqtisodiy axborotlar mavjud bo’lishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda respublikada kichik va o’rta biznes korxonalarini tashkil etish va
ularning moddiy-texnika ta’minoti hamda kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha
monitoring joriy etilgan, ular haqida ma’lumotlar muntazam umumlashtirib
borilmoqda. Ammo kichik va o’rta korxonalar faoliyati samaradorligini o’rganish va
ularning istiqboldagi rivojlanishini zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari hamda matematik modellashtirish asosida tadqiq qilish yo’nalishida
ilmiy ishlar etarli emas. Shularni hisobga olgan xolda, korxonalarning bozor
muhitida faoliyat ko’rsatishi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida
ifodalovchi ekonometrik modellashtirish usullarini va shu asosida ekonometrik
modellar turkumini ishlab chiqish muhim va dolzarb muammolar qatoriga kiradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com