«Makroiqtisodiyot» -Toshkent: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2004. – 256 bet. Ushbu o’quv qo’llanmada asosiy e’tibor «Makroiqtisodiyot» faniga taalluqli
bo’lgan zamonaviy makroiqtisodiy usullar va ularning amaliyotda qo’llanilishiga
qaratilgan. Chunki, «Makroiqtisodiyot» bozor iqtisodiyoti munosabatlarini
o’rganuvchi fanlar orasida ancha murakkabligi va ko’p qirraligi xususan, mavjud
resurslardan maqbul darajada foydalanish, hamda iqtisodiy o’sishga zarur shart-
sharoitlarni yaratish uchun iqtisodchi avvalo makroiqtisodiy jarayonlar tahlilini,
iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi, iqtisodiy turli xulosalar
chiqarish va ularning to’g’ri hamda asosli ekanligini isbotlab bera olishi ajralib
turadi. Shuning uchun mamlakat makroiqtisodiyotining rivojlanish bosqichlarini
aniqlash va uni takomillashtirish uchun ishlab chiqiladigan makroiqtisodiy siyosatlar
alohida ahamiyatga ega. Bu borada iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar
makromodellari bilan bir vaqtda, haqli ravishda o’zbek modeli ham ko’p bor tilga
olinib o’z isbotini topmoqda.
O’quv qo’llanmada «Makroiqtisodiyot» fani bo’yicha ma’ruza matnlaridan
keng foydalanilgan va har bir mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar, nazorat va
muhokama uchun savollar berilgan.
O’quv qo’llanma Oliy va O’rta maxsus o’quv yurtlarining iqtisodiy
yo’nalishdagi bakalavrlar, magistrlar, aspirantlar va o’qituvchilar uchun
mo’ljallangan.
Mundarija Kirish I mavzu. «Makroiqtisodiyot» fanining predmeti, ob’ekti va ahamiyati II mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash III mavzu. Makroiqtisodiy beqarorlik IV mavzu. Iste’mol va investitsiya funktsiyalari V mavzu. AD - AS modeli V I mavzu. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli VII mavzu. Pul bozori va bank tizimi VIII mavzu. Bozor iqtisodiyotida davlat IX mavzu. Fiskal siyosat X mavzu. Pul-kredit siyosati XI mavzu. IS-LM modeli XII mavzu. Iqtisodiy o’sish XIII mavzu. Хalqaro savdo nazariyasi XIV mavzu. Savdo siyosati XV mavzu. To’lov balansi PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com