“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati
toʻgʻrisida konvensiya — bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega
boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan.
Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini
rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi
narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi.
Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar
huquqlari toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari
toʻgʻrisida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng
ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya
qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan
agar milliy qonunlarda balogʻat yoshi birmuncha erta belgilangan boʻlmasa, 18
yoshga toʻlmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Bola huquqlari toʻgʻrisida
konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari
yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin
rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning
xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy
xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi.
Konvensiyaga kura, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini
bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga
olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom rivojlanish
huquqiga, farzandlikga olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq
bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid
qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda
oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi
majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim
tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki
boshqa eʼtiqodi, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining
4
ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati
nazar, biron bir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari
toʻgʻrisida konvensiya 1990-yil 2-sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston
Respublikasi 1992-yil 9 dekabrda qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki
unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari
qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston
Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997-
yilda tayyorlandi.