O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning prinsiplari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

2.3. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning prinsiplari 
Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish Barcha huquqlar 
hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi – 
bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda 
uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish.
Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga nisbatan 
barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi 
darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar
davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik 
bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola 
yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom 
rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish 
majburiyatini oladi.
Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish 
huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri 
e’tiborga olinishi shart.
Bola huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi BMTning: 
1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish 
to‘g‘risidagi konvensiya;
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq va 
muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa 
turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham 
tayanadi.
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston Respublikasi 
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tarzda 
bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro majburiyatlarni o‘z 
zimmasiga oldi.


26 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin