Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 393,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.06.2023
ölçüsü393,9 Kb.
#129196
1   2   3   4   5
Musoyeva Fazila Oydinovna

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar 
doirasida 
maktabgacha 
ta‟limda 
ham 
me‟yoriy-huquqiy 
bazani 
tubdan 
takomillashtirish, ilg„or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni 
maktabgacha ta‟lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi lmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo„llab-
quvvatlashga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari 
tarmog„ini kengaytirish va ushbu tashkilotlarda bolalarning har tomonlama 


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023 
379 
intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, 
bolalarning maktabgacha ta‟lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish 
imkoniyatlarini ta‟minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini 
yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, integratsion yondashuv asosida 
maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik-
psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning ma‟naviy-
axloqiy tarbiyalashning integrativ modelini takomillashtirishni taqozo etadi. Ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo„yiladigan Davlat talablarining 2-bob 3-
bandida integratsiya tushunchasiga alohida to„xtalib, integratsiya – bola ta‟limi va 
rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o„rtasidagi bog„liqlikni ta‟minlovchi jarayon 
ekanligi ko„rsatib o„tilgan. “Integratsiya” so„zi lug„atlarda izohlanishicha, lotincha, 
“integratio” so„zidan olingan bo„lib, qayta qurish, tiklash, to„ldirish (“integr” – to„liq, 
butun, yaxlit degan ma‟noni anglatadi. Shuningdek, boshqa bir lug„atlarda 
“integratsiya” – o„zaro bog„langan holda rivojlantirish, “integrirovat” – bir butun qilib 
birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq, deyilsa, sohaviy lug„atlarda “integratsiya” – 
o„qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish, deb izohlanadi. 
Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy 
tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayon bo„lib, 
ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi: 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma‟naviy-axloqiy me‟yorlar hamda axloqiy 
munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to„g„risida 
ma‟lumot beriladi. 
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma‟naviy-axloqiy tushunchalarni egallashga 
bo„lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma‟naviy-axloqiy ongni qaror toptirish. 
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijobiy mazmundagi ma‟naviy-axloqiy sifatlar 
(vatanparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo„ylik, qat‟iylik, mas‟uliyatlilik, ozodalik, 
orastalik, o„zaro do„stlik, ahillik, shirinso„zlik, saxiylik, jasurlik, go„zallikni his qilish, 
go„zallik yaratishga intilish va hokazolarni) qaror toptirish. 4. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda ma‟naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish. 
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma‟naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda integratsion yondashish asosida maktabgacha 
yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash tizimiga xizmat qiluvchi ijobiy omillar 
bilan birga undagi pedagogik muammolarni ham aniqlashga imkon beradi: – 
maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida o„ziga xos integral pedagogik muhit yaratish 
ehtiyoji va unga tashqi-ijtimoiy stixiyali ta‟siri; – tarbiyachilarni kasbiy kompetentligi, 
kreativligi va kasbiy mahoratini oshirish tizimi oldida turuvchi vazifalar va ushbu 
vazifalarni hal etish uchun ilmiy-uslubiy va didaktik ta‟minot darajasining yetarli 
emasligi; – tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat o„quv dasturlari asosida bolalar 
faoliyati va uning mazmunini integratsiyalash malakasiga ega emasliklari; – 
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash tizimidagi integratsiya 



Yüklə 393,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin