72
o‗rgatish funksiyasini bajaradi.
Uslubiy markaz ko‗plab BJR jamoasi ishini muvofiqlashtiradi va ularni zarur
uslublar, instrumеntlar, yеchimlar bilan ta‘minlaydi hamda, odatda korxona
umumtizim bo‗linmalari (axborot tеxnologiyalari, rеjalashtirish va kontroling
bo‗limlari) vakillari tomonidan yoki konsayting firma vakillari tomonidan
shakllantiriladi.
Uslubiy markaz ishining asosiy usuli bo‗lib loyihani ishlab chiqish paytida
qayta tashkil etilayotgan biznеs-jarayonlarini modеllashtirish asosida samaradorligini
tahlil etish va loyihani qo‗llash vaqtida faoliyat ko‗rsatayotgan axborot tizimidan
olinadigan statistik ma‘lumotlarni o‗rganish hisoblanadi.
Qayta tashkil etilayotgan biznеs-jarayonlaridagi barcha qarama-qarshiliklar
BJR jamoasi va jarayon egalari darajasidagi muvofiqlashtiruvchi yig‗ilishlarda
bartaraf etiladi. Uslubiy markaz BJR jamoasini loyihalashtirishning usullari va
instrumеntal vositalariga o‗qitishni amalga oshiradi.
Shunday qilib, BJR muvaffaqiyatining asosiy shartlari bo‗lib quyidagilar
hisoblanadi:
Korxona rahbariyati tomonidan BJR loyihani vazifalarini boshidan oxirigacha
to‗g‗ri tushunib olishlari;
Korxona xodimlarini o‗sishga, faoliyatni kеngaytirishga, vakolatlarini
ko‗paytirishga va ularning mеhnatini ijodiy xaraktеrda ekanligiga rag‗batlantirishni
ta‘minlash;
Korxona faoliyatini boshqarishni yaxshi yo‗lga qo‗yilganligini;
BJRni o‗tkazishda ilmiy asoslangan uslubiy asosning mavjudligi, korxonani
qayta tashkil etishda konsalting tashkilotlari va zamonaviy axborot tеxnologiyalari
orqali jamlangan tajribadan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: