66
— yiliga 50—200 mm (materiklarning sharqiy tog`li qismlarida 1000—2000 mm)
yog`in yog`adi. Quruqlikda cho`llar va chala cho`llar, sernamroq joylarda
savannalar va o`rmon lar tarqalgan.
Troposfera (yunoncha
tropos — o`zgarish,
sfera —shar)— atmos-feraning er
yuzasiga yaqin eng quyi qismi. Troposferaning qa-linligi qutblarda 8—10 km, o`r-
tacha kengliklarda 10—12 km, ekvator atroflarida 16—18 km. Troposferadagn
havo asosan yer yuzasidai issiq oladi. Havo harorati
troposferaning ustki
chegarasida qutbda —55° S, ekvator yaqinida —80° S. Atmosferadagi butun havo
massasining 4/5 qismidan ko`prog`i va suv bug`ining deyarli hammasi shu
troposferada to`plangan. Troposferada havo gorizontal
va vertikal harakat qilib,
bulutlar paydo bo`ladi va yog`in yog`adi.
Tundra (fincha «
tunturi» — o`rmonsiz yalpang qir)— subarktika
mintaqasidagi tabiat zonasi. T. shimolda arktika
muz sahrolari zonasi bilan,
janubdy o`rmonli tundra zonasi bilan chegaradosh. T. iqlimi sovuq: qish qattiq
bo`lib, 8—9
oy davom eta di, yoz qisqa va salqin. Iyul oyining o`rtacha harorati
10° S dan oshmaydi. Vegetatsiya davri 50—100 kun. Tekisliklarda 150—300 mm,
tog`larda 500 mm gacha yog`in yog`adi. Qor qoplami yupqa.
YOzda tuproqning
0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi, T. da botqoqliklar va ko`llar ko`p.
Asosiy o`simlikla-ri — bug`u yo`sini, lishaynik, past, bo`yli o`tlar, butalar va chala
butalar. Hayvonlardan shimol bug`usi, buri, lemming, oq tulki, qo`chqor;
qushlardan oq kaklik, tundra kakligi uchraydi, suvlarda baliq ko`p. YOzda
har xil
qushlar uchib keladi. Aholining asosiy mashg`uloti — bug`uchilik, baliq tutish,
ovchilik.
Dostları ilə paylaş: