68
ekvator havosi hukmron, yog`in (yomg`ir) bir tekis yog`adi, har kuni tushki
yomg`irlar yog`ib turadi.
Ekvator mintaqasi —8° shimoliy kenglik bilan 11° janubiy kenglik
oralig`ida joylashgan geografik mintaqa. Yil bo`yi issiq (24—28°), yog`in ko`p
(1500— 3000 mm, 10000 mm gacha), oylar bo`yicha deyarli bir tekisda
taqsimlangan. Biokimyoviy va tabiiy geografik jarayonlar jadal ro`y beradi. Tabiiy
holda hamma yoq qalin sernam tropik o`rmonlar bilan qoplangan bo`lgan. O`simlik
va hayvonot dunyosi benihoya xilmama-xil.
Ekvator o`rmonlari — ekvator mintaqasi tabiat zonasi, Ekvatorning har
ikkala yonida joylashgan. Fasliy tafovutlar deyarli yo`q. Sernam iqlim sharoitida
qizil yuvilgan tuproqlarda doimiy yashil o`rmonlar o`sadi. Janubiy Amerika,
Afrika, Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan.
Ekvator havosi — ekvator mintaqasi ustida tarkib topadigan va nihoyatda
sernam havo. Ko`tarilma harakat kuchli bo`lib, qattiq jalalarga sabab bo`ladi.
Ekzogen jarayonlar (latincha
ekso — tashqi,
genez — tug`ilgan)— Yer
yuzasida va Er po`stining yuza qismida quyosh nurining energiyasi, Erning tortish
(gravitatsion) kuchi va organizmlar hayot faoliyati natijasida ro`y beruvchi
jarayonlar. Bu jarayonlar endogen jarayonlarga qarama-qarshi bo`lib, yer yuzasidagi
notekisliklarni tekislaydi, Bularga nurash, suv va shamol eroziyasi, muzliklar, er osti
suvlari ishi, dengiz to`lqinlri va h. k. larni kiritish mumkin.
Ekzogen kuchlar (latincha
ekso—tashqi, genez — tug`ilgan) — Yer yuzasiga
taщqaridan ta`sir ko`rsatuvchi kuchlar. Bularga quyosh nuri, shamollar, muzliklar,
oqar suvlar, to`lqinlar, qalqish jarayoni, o`simlik va hayvonlar kiradi. Bularning
(qalqish hodisasidan boshqasi) harakat manbai Quyosh radiatsiyasidir.
Dostları ilə paylaş: