3
KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va
qimmatbaho metall rudalarni qazib olish hamda boyitish
imkonini beruvchi yana
bir ulkan sanoat kompleksi yaratishga kirishildi. Oddiyroq qilib aytganda ―Ikkinchi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ―ni bunyod etish loyihasi amaliyotga tadbiq
etildi. U ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2017-2021
yillarda
roʻyobga chiqarilib yangi kon karyerida qazish ishlarini olib borish maxsus kon
uskunalarini sotib olish va karyer uchun zaruriy infratuzilma
obyektlarini qurish
koʻzda tutilgan.
Ikkinchi bosqich 2019-2028 yillarda amalga oshirilib yangi mis boyitish
kompleksini qurish va mavjud mis eritish quvvatlarini
rekonstruksiya qilish
modernizatsiyalash zaruriy yordamchi obyektlarni barpo etishga moʻljallangan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi loyihasi
boʻyicha tantanali ochilish marosimi munosabati bilan Olmaliq shahriga
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.
Prezident tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini 2030-yilgacha
boʻlgan davrda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida mis ishlab
chiqarishni 1,4 barobar, qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni 33 foizga oshirish
belgilangan.
Loyihani oʻzlashtirish jarayonida bitta temir yoʻlni yangi joyga oʻtkazish,
ikkita yangi temir yoʻl qurish, avtomobil yoʻllari barpo etish koʻzda tutilgan.
Uzunligi 1,4 kilometrlik tunnel va 3,1 kilometr konveyer yoʻli quriladi, ishlab
chiqarish, transport, energetika va boshqa infrastruktura obyektlari barpo etiladi.
Yangi
mis-boyitish kompleksi, misni elektroliz qilish, oltingugurt
kislotasi ishlab
chiqarish sexlari va boshqa infratuzilma obyektlari quriladi. Loyiha 2028-yilda
toʻliq quvvat bilan ishga tushadi.
Yurtimiz yer osti boyliklariga boy, lekin
biz undan unumli foydalana
olmayapmiz. Biz geologiya sohasini rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor qaratmadik.
Endi bu yoʻnalishdagi ishlarni tubdan yaxshilaymiz va sohani tubdan
takomillashtiramiz. Kechagi kun bilan yashash vaqti oʻtdi.
Bugun zamon