Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#129849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 107
− o’quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish
− o’quvchilar jamoasi orasida o’zaro do’stona muhitni vujudga keltirish kabilar. 
O’zaro hamkorlik va do’stona muhitni vujudga keltirish uchun muayyan 
maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni shunday tashkil etish lozimki, buning 
uchun o’quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o’zaro axborotlar 
almashinuvi uchun qulay bo’lishini ta’minlash muhimdir. 
Ta’lim jarayonida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarda ongli 
faoliyat ko’rsatish ko’nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga 
o’rgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki umumiy o’rta ta’lim o’quvchilari murakkab, 
ruhiy inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega bo’lgan, shijoatli, yangilikka 
chanqoq, olamni o’zlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka moyil, 
xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlarning shakllanishi jadal sur’at bilan kechadigan yoshda 
bo’ladilar. Shunga ko’ra quyidagilarning muhimligi kuzatilmoqda:
- o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligini boshlang’ich sinflardayoq yo’lga 
qo’yishning zarurligi; 
- o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligini ta’minlashga xizmat qiladigan 
metodlarni qo’llashning muhimligi; 
- o’quvchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmining kengligi va ularni 
o’zlashtirish o’zaro hamkorlik va fikr almashinish muhitini taqozo qilishi; 
- o’qituvchi bilan o’quvchilar orasida do’stona hamkorlikka asoslangan muhitning 
vujudga kelishi o’qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi; 
- o’quvchilar va o’qituvchilar munosabatlarida an’anaviy pedagogik 
yondashuvlarning saqlanib qolayotganligi va uni bartaraf etish ehtiyojining 
kuchayayotganligi; 
- ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashda o’qituvchi bilan o’quvchilar 
hamkorligining muhimligi; 
- o’qituvchining muomala odobi, nazokati, shaxslararo muomala maromi, 
o’quvchilar bilan do’stona munosabatni o’rnatuvchi muhim omil ekanligi va boshqalar. 
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini 
tashkil etish uchun axborotli mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda sun’iy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan 
unumli foydalanish mumkin. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo’nalishlarda turli 
maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual 
vazifalarni kompyuter vositasida echishda foydalaniladi. O’quv muhitida o’qituvchi 
ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogika fani 
uchun umumlashgan quvvatlarni qo’lga kiritish o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki u 
yangi bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlaydi. Umumlashgan quvvatlarni sarflash o’quv 
jarayonida juda zarur hisoblanadi. Jumladan, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin