Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#129849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 110
Qo’llanmaning keyingi sahifalarida shunday hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin 
texnologiyalarini keltirib o’tamiz. 
Muxokama va natijalar. O’zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim. Hamkorlik 
pedagogikasida interaktivlik (“inter”-“o’zaro”, “akt”-“faoliyat”) muhim ahamiyat kasb 
etadi. Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’siri. Hamkorlik faoliyatini 
takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-
o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik 
dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi. 
“Sub’ekt-Sub’ekt” munosabatlariga asoslangan hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin 
texnologiyalari bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi, mustaqil fikrlash, 
keng mushohada yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’quvchilarning kichik 
guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (viktorina, breyn ring, turnir, musobaqa) shaklida, 
individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. Quyida shunday texnologiyalardan 
namunalar keltiramiz. 
Pedagogik tenalogiyada o’quvchining o’quv jarayonida tutgan o’rnini va 
pedagogning o’quvchilarga nisbatan bo’lgan munosabati muhim o’rin tutadi. Bunda 
quyidagi texnalogiyalarni ajratish mumkin: 
a) Avtoritar texnalogiya. Bunda pedagog o’quv tartiblovchi jarayonining asosiy 
sube’kti, o’quvchi esa, faqat ab’ekt sifatida qatnashadi. U o’quvchilarning erkinligini 
bo’g’ishi, majburiy o’qitish, tashabbusni bo’g’ish va o’quv tarbiyaviy jarayonini (O’TJ) 
qattiq qo’llik bilan olib borishga asoslanadi. 
b) Didaktotsentrik texnalogiyalar – o’quvchi shaxsiga e’tibor bermaslik bilan 
ajralib turadi. Bunda ham sub’ekt-ab’ekt munosabat bo’lib, shaxsni shakllantira olish, 
didaktik vositalaridan iborat bo’ladi. 
v) Shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar – buning markazida o’quvchi shaxsi uni 
rivojlantirish uchun, barcha sharoitlarni yaratish, uning tarbiyaviy salohiyatini namoyon 
qilishga yordam berish yotadi. Bunda o’quvchi shaxsi faqatgina sub’ekt bo’lmay, 
prioritetga ega bo’lgan sub’ekt bo’ladi. Bunda u ta’limiy tizimning maqsadiga aylanadi. 
Bunday texnalogiyalar “antropoyentrik texnalogiyalar” deyiladi. 
Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar antropotsentrik, gumanistik va 
psixoterapistik, har tomonlama erkin, ijoddiy rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin