Akustoelektron asboblar mikroelektronikada qo’llaniladigan usullar bilan hosil
qilinishi va IMSlarga o’xshashligi bilan e’tiborga loyiq.
Ultratovush to’lqinlar
pyezoaktiv materiallarda
(pyezoelektriklarda) hosil qilinishi mumkin. Shuning uchun
ushbu sinf asboblar uchun
ishchi muhit sifatida pyezoeffekt juda yaqqol naomyon bo’ladigan dielektrik va
yarimo’tkazgich kristallar xizmat qiladi.
To’g’ri pyezoeffekt деб
mexanik kuchlanish
natijasida pyezoelektrikning qutblanish hodisasiga aytiladi (20.2, а - rasm). Qutblanish
natijasida pyezoelektrikning qarama - qarshi tomonlarida
pyezo - EYK deb ataluvchi
potensiallar farqi hosil bo’ladi.
Teskari pyezoeffekt deb berilgan tashqi kuchlanish ta’sirida
jismning geometrik o’lchamlari o’zgarishiga aytiladi (20.2, b - rasm). Rasmda jismning
deformatsiyadan keyingi o’lchamlari punktir chiziq bilan ko’rsatilgan.
20.2-rasm. Tog’ri (a) va teskari (b) p’ezoeffekt
Kuchlanish berilgan joyda elektr maydon kuchlanganligi yo’nalishiga bog’liq xolda
pyezoelektrik siqiladi yoki kengayadi. Natijada, tovush o’tkazuvchi deb ataladigan, kristal
plastinada ko’ndalang yoki bo’ylama akustik ultratovush chastotasi
berilgan kuchlanish
chastotasiga teng bo’ladi. Pyezoelektrik ma’lum xususiy mexanik tebranishlar chastotasiga
ega bo’lgani sababli, tashqi EYK chastotasi bilan plastina xususiy tebranishlar chastotasi
bir - biriga teng bo’lganda (rezonans hodisasi) plastinaning tebranishlari amplitudasi eng
katta qiymatga ega bo’ladi.
Akustoelektronika asboblarida chastotasi 1 ^ 10 GGS bo’lgan, kvars, litiy ниобити
va
tantalati hamda CdS, ZnS, ZnO, GaAs, InSb va boshqa yupqa yarimo’tkazgich
qatlamlarda generatsiyalanadigan ultratovush to’lqinlar ishlatiladi. Ushbu diapazondagi
hajmiy va sirt akustik to’lqinlar (SAT) ishlatiladi. SATlarda
ishlaydigan akustoelektron
asboblar keng tarqalgan. Ularga kechiktirish liniyalari, polosali filtrlar, rezonatorlar, turli
datchiklar va shunga o’xshashlar kiradi. Bu asboblarda elektr signallarni akustik signalga
va aksincha o’zgartirish maxsus o’zgartirgichlar yordamida amalga oshadi. SATlar
o’zgartgichlarining yetti turi mavjud bo’lib, amalda ikki metal
elektrodlari sinfaz va
qoziqsimon joylashgan turlari keng tarqalgan.
SATli filtrlar ko’p kanalli elektr aloqa va kosmik aloqa tizimlari filtrlari sifatida
keng ishlatiladi. Ular televizion qabulqilgichlarning tasvir orqali
chastota kuchaytirgich
bloklarida
LC -filtrlarni almashtirmoqda. Hozirgi vaqtda tasvirni tashish chastotasi 38 va
38,9 MGs ni tashkil etuvchi SATli televizion filtrlar seriyali ravishda ishlab chiqarilmoqda.
Zamonaviy SATli filtrlar А /=0,05-50 % o’tkazish polosasiga ega, o’tkazish
polosasidagi so’nish 2 ^ 6 dB, selektivligi 100 dB gacha. Bunday filtrlar 900 MGs gacha
chastotalarda ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: