Optoelektronika va uning rivojlanishi.
Optoelektronika – elektronikaning yorug’lik va elektr metodlaridan
foydalanilib axboratlarni ishlash, saqlash hamda uzatish masalalari bilan
shugyllanadigan bo’limi. Optoelektronika radioelektronika va hisoblash
texnikasining taraqqiyot bosqichi sifatida yuzaga keldi.
“Optoelektronika “ tushunchasi 1955-yillarda paydo bolib, birinchi bu so’z
bilan optik aloqali elektron sxemalar tushunildi. Keyin 1960 yillarda kogerent
nurlanishlarni keng foydalanish imkoniyatini beruvchi lazerni kashf qilinishi optik
effektlarni tekshirishni yengillashtirdi va optikani elektronikada foydalanish
bo’yicha takliflar soni keskin oshdi. Golografiyani rivojlanishi esa optikani
elektronika bilan bog’lanishini kuchaytirib yubordi. Undan tashqari, lazer texnika va
yarimo’tkazgichlar texnologiyasini rivojlanishida yangidan – yangi asboblarni
yaratilishi va bu yo’nalishlarni sintez qilishga to’g’ri keldi. Keyin informasiyani
yuqori darajada to’yinishi hisobiga uni turli ko’rinish va usullarda tez ishliv berish
zarurati tug’uli. Bular hammasi optoelektronikani rivojlanishiga stimul bo’ldi.
Optoelektronika yarimo’tkazgich va vakuum elektronikadan o’zining zvenosi
(fotonlar aloqasi) borligi bilan farq qiladi. Fotonlar elektr jihatdan neytiral
b’lganligidan optik aloqa kanalida elektr va magnit maydonlari tomonidan
uyg’otilmaydi. Bu esa axboratlarni buzmasdan tekis uzatish va qabul qilishni
ta’minlaydi. Axboratlar yorug’lik nuri yordamida uzatilganda aloqa liniyasida
to’planib qolmaydi va sochilmaydi, shuning uchun axborot kechikmay, buzilmay ,
o’z vaqtida yetkaziladi. Optik tebranishlar chastotasining yuqoriligi (1013- 1015 Gs)
axborotlarnini ko’p va tez uzatilishini ta’minlaydi.
Optoelektronikaning asosiy elementlari – yorug’lik mabalari ( lazerlar,
yorug’lik diodlari), optik muhitlar( aktiv va passiv) hamda fotoqabulqilgichlar. Bu
elementlardan turli nisbatda va ayrim – ayrim foydalanish mumkin.
Optoelektronikani rivojlantirishning ikki yo’li – optik ( kogerent optoelektronika) va
elektrooptik (optronika) mavjud. Hisoblash texnikasi sistemasini tuzishning yangi
prinsipi va usullari , optik aloqa, axborotlarni eslab qolish va ishlash kogerent
optoelektronika bilan bog’liqdir. Optronikaning rivojlanishi yorug’lik manbalari va
fotoqabulqilgichlardan to’g’ri foydalanishga asoslangan. Optron sxemalar tuzilishi
jihatidan
yarimo’tkazgichlarga
nisbatan
ixcham
va
oddiy
bo’ladi.
U elektr va optik signallarni kuchaytirish va o’zgartirish, almashlab ulash ,
modulyasiyalash va boshqalarni bajaradi.
Optoelektron asboblarni sinflarga bo’linishi va qo’llanilishi
Optron asboblar deb, u yoki boshqa ko’rinishda o’zaro aloqani oshiruvchi
nurlanish manbai va qabul qilgichga (yorug’liknurlagich va fotoqabulqilgich) ega
bo’lgan yarimo’tkazgichli asbobga aytiladi.
Har qanday optronlarni ishlash prinsipi quidagilarga asoslangan. Nurlagichda
elektr signal energiyasi yorug’likka, fotoqbulqilgichda esa, uni teskarisi yorug’lik
signali elektr signaliga o’zgaradi. Amalda tarqalgan optronlar bo’lib, qaysiki unda
nurlagichdan fotoqabulqilgichga tomon to’g’ri optik aloqaga ega bo’lganlari bo’lib,
bunda elementlar orasidagi hamma ko’rinishidagi elektr aloqalar bo’lmaydi. Optik
aloqani mavjudligi kirish (nurlagich) va chiqish (fotoqabulqilgich) orasidagi elektr
izolyasiyani ta’minlaydi.
Shunday qilib, bunday asbob elektron zanjirlarda aloqa elementi funksiyasini
bajaradi, shu bilan bir vaqtda kirish va chiqish elektr (galvanik) yechimi amalga
oshirilgan.
Optoelektron asboblarni qo’llanilishi yetarlicha turli: apparat bloklari aloqasi
uchun, qaysiki ular orasida ancha katta potensiallar farqi bo’ladi; o’lchash
qurilmalarini kirish zanjirlarini shumdan himoyalash uchun va yuqori kuchlanishli
zanjirlarni sozlash, optik, kontaktsiz boshqarish,quvvatli tiristorlar, simistorlarni
ishga tushirish, elektromexanik releli qurilmalarni boshqarishlar kiradi.
“Uzun” optronlarni (optik kanal sifatida uzun ingichka optik – tolali asboblar)
yaratilishi optron texnika maxsulotlarini qo'llashni mutlaqo yangi yo’nalish – optik
tola bo’yicha masofaviy aloqani ochdi.
Optoelektron asboblar sop radiotexnik sxemalar modulyasiyasi, kuchayishni
avtomatik boshqarish va boshqalarda qollaniladi. Bu yerda optik kanalga ta’sir
natijasida sxemani optimal rejimga o’tkazish uchun, kontaktsiz rejimni sozlash va
shunga o’xshashlardan foydalaniladi.
Optronlarni asosiy turlarini shartli – grafik belgilashlar 1- rasmda berilgan
1-rasm.Optron elektron juftlar: а–diodli-diodli, б–diod- tranzistorli, в–diod –
tranzistor asosli , г–diod juftli gibrid mikrosxemali
Optoelektron asboblar quyidagi belgilari bo’yicha siniflarga bo’linadi.
Foydalaniladigan nurlagichni turiga qarab optronlar:
Miniatyur qizdirgich lampochkakar asosidagi nurlagichlar. Bunday qiz
dirgichli optronlar inerson, va hozirgi vaqtda amalda foydalanilmaydi, biroq
rezistorli optronlarda qo’llanilmoqda.
Neon nurlagichvli lampochkalarda, qaysiki gaz neon – argon aralashma gazini
elektr
razryadini
nurlanishidan
foydalaniladi.
Bunday
nurlagichlar
nurlanishnishini uncha yuqori emasligi, mexanik ta’sirga chidamsiz, o’lchami katta,
integral texnologiyaga mos kelmasligi.Shunga qaramasdan,optronlarni alohida
turlari qo’llanilmoqda.
Elektrolyuminesentli
nurlagich
yacheykalar.
Elektrolyuminesentli
yacheykalar elektr energiyasini yorug’likka aylantirish faolligi yuqori emasligi,
ishlash mudati kichikligi, boshqarishni murakkabligiga ega.Bu nurlagichlarni asosiy
afzalligi - fotorezistorlar bilan konstriktuv – texnologik mos kelishi, bunga asosan
ko’pfuksiyali va ko’pelementli optron strukturalarni yaratish mumkinligidir. Hozirgi
vaqtda qollanilishi chegaralangan holatda turibdi.
Yorug’likdiodli va lazer diodli nurlagichlar. Foydalanilayotgan optronlardan
ancha asosiysi unversial nurlagichlardan yorug’likdiod – yarimo’tkazgichli
injeksion yorug’liknurlovchi dioddir. Bu uni bir qancha afzalliklari:elektr
energiyasini optokka aylantirishda FIK yuqori qiymatliligi,; nurlanish spektri qisqa,
turli yorug’likdiodlarini spectral diapazoni kengligini yopilishi; nurlanishni
yo’nalishligi; yuqori tezkorlik; ta’minot kuchlanish va toklarni qiymat kichik;
tranzistorlar va integral sxemalar bilan bir – biriga mos kelishi; to’g’ri tokni
o’zgartirish yo’li bilan nurlanish quvvatini modulyasiyalashni soddaligi; impuls va
uzluksiz rejimda ishlash mumkinligi; kirish toklarini keng oralig’ida vat- amper
xarakteristikasini chiziqliligi; yuqori mustaxkamliligi va uzoq mudat ishlashi;
o’lchami kichikligi; mikroelektron maxsulotlar bilan texnologik mosligi kiradi.
Optronlar foydalaniladigan fotoqabulqilgichni turiga qarab:
Fotorezistorlar asoslangagi optronlar, qaysiki xususiyati yoritish natijasida
berilgan murakab qonun bilan o’zgaradi, bu esa matematik modellashtirish va
qadama - qadam funksional optoelektronikani yaratish imkonini beradi.Biroq,
fotorezistorli optronlar inversion.
Fotodiod asosidagi optronlar;
Fototranzistorlar asosidagi optronlar;
Fototiristorlar asosidagi optronlar.
Oxirgi uchtasi eng ko’p universial fotoqabul qilgichlar bo’lib, ochiq p-n-
o’tishli ishlovchi .Ko’pgina hollarda ularni kremniy asosida tayorlanadi, va ularni
maksimal spectral sezgirligi λ = 0,7 … 0,9 mkm yaqinida bo’ladi.
Optronlar optik kanaldan foydalanish turi bo’yicha bo’linadi:
Ochiq optik kanalli optronlar. Bunday optronlarda nurlagich va
fotoqabulqilgich havoli oraliq bilab ajratilgan. Ular aylanuvchi vallarni aylabish
sonini, holat datchigi sifatida harakatlanuvchi mexanik sistemani sinxronlash
boshqalarda uchun keng qo’llaniladi. Ochiq kanali optronlar o’z navbatida
qaytarishda va o’tkazishda ishlovchi optronlarga bo’linadi
Yopiq optik kanali optronlar. Bunda optik kanal har qanday tashqi tasirlardan
himoyalangan. Bunday optronlar elektr zanjirlarini kirish va chiqishlarni galvanik
bog’lanish uchun qo’laniladi. Agarda chiqish zabjirlarida quvvatli kuch asboblar(
tiristorlar, simistorlar, MOSFET maydon tranzistorlari ) foydalanilsa, bunday
optronlar qattiq jismli relelar deyiladi. Hozirgi vaqtda bunday relelar elektromagnit
relelarni alternative bo’lib, ularni texnologiyasi uzluksiz takomilashmoqda.
“Uzun” optik kanalli optronlar. Bunday optronlarda nurlagich va
fotoqabulqilgich bir biridan ma’lum uzoq masofada joylashtirilishi mumkin. Bunda
nurlagich va fotoqabulqilgichni bog’lovchi optik kanal yorug’lik tola hisoblanadi.
Bunday optoelektron asboblar EHM ning uyali tarmoqlarida informatsiyani uzatish
uchun keng qollanilmoqda.
Optik kanali spektral diapazoni bo’yicha optronlar quyidagilarga bo’linadi:
Optik nurlanishni to’lqin uzunligi 0,4 dan 0,75 mkm li ko’zga ko’rinadigan
diapazonli optronlar.
Optik nurlanishni to’lqin uzunligi 0,8 dan 1,2 mkm li IQ – diafazonga yaqin
optronlar. Bunday ko’rinishday nurlanishlar aniqsa ochiq kanali optoelektron
asboblar uchun samarali.
Optronlar konstruktiv – texnologik belgisi bo’yicha quidagilarga bo’linadi:
Elementar optoparalar, qaysiki bita nurlagich va bitta elementar
fotoqabulqilgichdan iborat. Foydaniladigan fotoqabulqilgichni turiga qarab, ular
rezistivli, diodli, tiristorli, tranzistorli va boshqalar bo’lishi mumkin.
Optoelektron integral mikrosxemalar, qaysiki unda elementar optronda
qo’shimcha elektron qurilmalar: kuchaytirgichlar, komparatorlar, matiqiy
sxemalarva boshqalar bo’ladi.
Maxsus ko’rinishdagi optronlar: differensial optronlar, qaysiki birqancha
nurlagichlar va fotoqabulqilgichlar bo’ladi; optoelektron datchiklar bo’ladi.
Optoelektron asboblarni konstruksiyalari
Optronlarni konstruktiv – texnologik tayorlash funksional, bahosi va boshqa
parametrlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Asosiy talab effektiv optik aloqani
va ta’minot ma’nba va qabul qiluvchi orasidagi elektr izolyasiyani
ta’minlashdir. Optoparalarni tipik konstruksiyalari 2 – rasmda ko’rsatilgan. Hozirgi
payitda qo’llanilayotgan optoparalar gibrid qurilmalar bo’lib, konstruktiv
kamchiliklarga kiradi.
Shu bilan birga monolit optojuftlar ishlab chiqarilmoqdaki, yaxlit texnologik
jarayonda integral tayorlanadigan qattiq jisimli nurlovchi va qabul qiluchi
strukturalarni bolmoqda.
Biroq hozirgacha monolit optronlarni birortasini varianti barcha zaruriy
parametrlari: uzoq mudat ishlashi, mustaxkamligi va tashqi faktorlarga chidamliligi
bilan yaqinlashishga erishilgani yoq.
Asosiy yechilmagan masalalardan foydalaniladigan materiallarni bir - biriga
mos kelmasligi bo’lib qolmoqda. Har qanday optoelektron mikrosxemasining asosiy
elementi optron jupt hisoblanib (2 - rasm,a, b), yorug’lik nuri 1, boshqariluvchi
kirish signali 2, yorug’lik manbai bilan bo’g’langan va fotoqabul qilgich 3 dan
iborat. Optron juftlikni parametrlaiga o’zgarmas tok bo’yicha qarshilikni yechilishi,
tok uzatish koeffisienti ( qabulqilich fototokini nurlagich tokiga nisbati),
almashtirgich vaqti va o’tish sig’imidab iborat.
Optoelektron juftliklar bazasida turli vazifalarni bajruvchi optoelektron
mikrosxemalar yaratilmoqda. 2-rasm.Optron juftlikni sxemasi va texnologik
tayorlanishi: 1 – yorug'lik manbai; 2 – immersionn muxit ; 3 – fotoqabul qilgich.
Optoelektron asboblarni parametrlari
Sodda optron to’rt qutbli asbobdan iborat bo’lganligi uchun uchta:
kirish,uzatish va chiqish xarakteristikalarga ega.
Kirish xarakteristika nurlagichni VAX si ifodalaydi. Chiqish –
fotopriyomnikka mos xarakteristika( optron kirishiga berilgan tokda). Uzatish
xarakteristika – chiqish toki I2oT ni kirish tokiga bog’ligi (ununiy holda nochiziqli).
Tok bo’yicha statik uzatish koeffisienti K I = I2/ I1. Ko’pchilik optronlar
uchun KI passport parameti hisoblanadi (diodlilar uchun 0,5 % to tranzistorlilar
uchun 100% gacha).
Optronni yig’indi tezkorligi ko’pincha almashinish vaqti tal = t1 + t2 bilan
xarakterlanadi, bunda t1 va t2 – vaqtlar optron chiqishida signalni o’sishi va qaytishi.
Optronni tezkorligi turli turdagi optronlar uchun birhil bo’lmay , ish rejimiga bog’liq
va dan gacha bo’ladi. Tezkorlik yana chegara chastota bilan xarakterlanadi, qaysiki
fcheg 5kHz dan 10 MHz oralig’ida yotadi.
Izolyasiya parametrlari: kirish va chiqish orasidagi statik maksimal ruxsat
etilgan kuchlanish (o’zgaruvchan signal bilan ishlaganda). Izolyasiyani yuqori
qarshiligi – Riz
∿ Om – tok bo’yicha teskari aloqani yoqatadi. Biroq, o’tish sig’imi
Co’t ni ( optronni kirish va chiqish orasida) mavjudligi o’zgaruvchan tok bo’yicha
aloqadadandir, ya’ni Δt vaqt ichida chiqishda ΔV2 kuchlanishni sakrashi sig’imli
tok I ≈ Cto’g’ ΔV2/ Δt ni hosil bo’lishiga olib keladi. O’tish sig’imini qiymati odatda
∿1 pF tashkil qiladi.
Optoelektronlarning yutuqlari va kamchiliklari
Optoelektronlarning kirish va chiqishlari orasida o‘zaro elektr bog‘lanishlar
hamda yorug‘lik va qabul qilgichlar orasida o‘zaro teskari bog‘lanishini yo‘qligi;
-tebranish chastotasining diopazoni keng;
-optik qismga ta’sir etish yo‘li bilan chiqish signalini boshqarish imkoniyati
borligi;
-optik kanali xalaqitdan yuqori darajada himoyalanganligi;
-boshqa yarimo‘tkazgich va mikroelektron qurilmalar bilan REA larni mos
kelishlik imkoniyati.
Optoelektronlarning kamchiliklari: - nisbatan katta quvvat talab etishi;
- radiatsiya va haroratga nisbatan yuqori turg‘unlikka ega bo‘lmaslik;
-sezilarlari darajada eskirishi;
-yuqori darajada xususiy shovqinga ega bo‘lishligi;
-mukammal qulay texnologiyani o‘rniga gibrit texnologiyani zarurligi.
Yuqoridagi hamma kamchiliklar optron texnikasi rivojlanishi jarayonida
yo‘qotilib bormoqda.
Hozirgi
zamon
optoelektronikasida
asosan
qattiq
jismlarning
lyuminesensiyasidan (sovuq nurlanish) foydalaniladi. Nurlanish uchun zaruriy
lyuminesensiya energiya har qanday issiqliksiz ( fotonlar yoki elektronlar bilan
.nurlatish,
elektr
maydon
ta’sirida
va
boshqalar)
usulda
berilishi
mumkin.Mos ravishda
fotolyuminisensiya ,
elektrolyuminesensiya
va
lyuminisensiya boshqa turlari bilan farqlanadi.Odatda , lyuminisensiya uy
temperaturasida va undan past temperaturalarda , qaysiki bunda issiq nurlanish juda
oz va barcha ko’zga ko’rinadigan nurlanish lyuminesensiyadan iboratdir.Umumiy
holda tegishli temperaturadagi nurlanish issiqlik va lyuminesensiyadan iborat,
shuning uchun C.I. Vavilovni aniqlashi bo’yicha lyuminesensiya deb, tegishli
temperaturada issiqlik nurlanishlardan ortiqchalariga aytiladi va qo’zg’otish
to’xtatilgandan so’ng davomiylidi yorug’lik to’lqin davridan (tc ≈ s) katta. Odatda
lyuminesirlovchi moddalarda (lyuminoforda) bu ushlab turish reaksiyasi
qo’zg’lishni o’chishidan tc ancha katta va lyuminaforda energiyani
o’zgarish jarayonini berib,lyuminesensiya uchun xarakterli bo’ladi.
Nazorat savollari
1. “Optoelektronika “ tushunchasi nima?
2. Optoelektronikaning asosiy elementlari nima?
3. Optron asboblar deb nimaga aytiladi?
4. funksional optoelektronikani tushunchasiga izoh bering.
Dostları ilə paylaş: |