Toshkent davlat agrar universiteti


 Jamoa faoliyatini tashkil etish shaklari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix15.06.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130481
1   2   3   4   5   6   7
jamoani-shakillantirish-uslubiyati

2. Jamoa faoliyatini tashkil etish shaklari. 
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq 
muddatli murakkab jarayondir. 
Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal 
shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham 
(ya`ni ularda o`quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o`z mohiyatiga 
ko`ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma`ruza, konsert 
va hokazo) erishish uchun katnashchilariing o`zaro muomalasini nazarda tutmaydi. 
Biroq, bundan oldingi holda bo`lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar 
bilan birgalikda qatnashish ba`zi hollarda ularning faoliyatidagi ishtirokini 
faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo`ladi. Bu ko`p jihatdan o`quvchilarning 
faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog`liq bo`ladi. 
Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish uchun 
o`quvchilarning o`zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat 
shakllari jamoa shakllari deyiladi, bu muomala jarayonida o`quvchilar o`rtasida 
jamoa aloqalar vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o`zida muomala 
uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo`ladi. Ular o`quvchilarga ishning 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o`zaro taqsimlab chiqish 
imkonini beradi, katnashchilar o`rtasida aloqa ta`sirining paydo bo`lishiga olib 
keladi. Misol tariqasida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning jamoa 
shakllaridan biri-bilimlarning ijtimoiy ko`rigini qarab chiqamiz. U biror fan 
bo`yicha o`tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita komanda 
ishtirok etishi mumkin. Ko`rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan (yozma, 
og`zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish va shu 
kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan 
oshmaydi. Ko`rik oxirida hay`at a`zolari har bir qatnashchiga va umuman 
komandadagi o`rtacha bahoni e`lon qiladi. Bu o`rinda bilish faoliyati bilan bog`liq 
bo`lgan muomala ko`rikka hozirlik ko`rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o`tkazish 
jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko`rikka doir dastlabki 
topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni 


taqsimlashpi yoki guruh bo`lib ishlashni talab qiladi. Ko`rik jarayonida muomala 
uning hamma qatnashchilar o`rtasida sodir bo`ladi, chunki ulardan har biri 
muayyan vazifaga ega bo`lib, o`z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan 
muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoa 
muomalani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda 
mazkur ish bolalarshing tarkib jihatidan uncha katta bo`lmagan (eng ko`pi bilan 
kishi 5 ta bo`lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda 
barcha a`zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo`ladilar va bir-birlariga 
bevosita biror ta`sir ko`rsatadilar.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin