Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Xaridorning xarid davridagi qaror qabul qilish jarayoni



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

4.2. Xaridorning xarid davridagi qaror qabul qilish jarayoni 
Xarid xulqi tish pastasi, smartfonlar, moliyaviy xizmatlar va yangi avtomashinalar 
kabi turli mahsulotlar uchun turli xil bo’ladi. Murakkab qaror qilish ko’pincha xarid 
qilish uchun tanlovlar ko’p bo’lgan paytlarda sodir bo’ladi. 
Murakkab xarid xulqi xaridorlarning yuqori ishtirokida hamda brendlar orasidagi 
farq katta bo’lganida yuzaga keladi. Mahsulot qimmat, ishonchsiz, kam xarid 
qilinadigan bo’lsa xaridor ishtiroki yuqori bo’ladi. Odatda, xaridor mahsulot 
kategoriyasi haqida ma’lumot yig’ishiga to’g’ri keladi. Misol uchun shaxsiy 
kompyuter sotib olmoqchi bo’lgan xaridor, kopmyuter xususiyatlarni (2 – Intel Core 
avlodi i7-2670QM protsessori, NVIDIA Geforce GT525M video kartasi) qanday 
baholashni bilmaydi, ular haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmaydi.
Yuqori
aralashuv
Kichik
aralashuv 
Brendlar 
o’rtasida 
katta
farq mavjud 
Brendlar 
o’rtasida 
kichik
farq mavjud 
 
 
4.3-rasm. Xarid xulqining turlari 
 
Bu xaridor birinchi axborot yig’ish, baholash, munosabat paydo qilish va ohir 
oqibat xarid qarorini qilish bosqichlaridan o’tadi. Marketologlar xaridorlarning yuqori 
ishtirok talab etuvchi mahsulotlar haqida axborot yig’ish hamda baholash 
Murakkab xarid 
xulqi 
Turlilik 
qidirish xulqi 
Xaridor 
ikkilanish xulqi 
Odatiy xarid 
xulqi 
Ko’p hollarda, 
xaridorlar, o’zlariga 
tanish bo’lgan 
brendlarni tanlashadi. 
Misol uchun, tuzning 
qanday brendini 
tanlaysiz v anima 
uchun? 
Xarid xulqi har xil mahsulotlar uchun turli xil bo’ladi. Misol 
uchun, kompyuter sotib olmoqchi bo’lgan xaridor, birinchi 
ular haqida ma’lumot yig’adi 


81 
bosqichlaridan o’ishini yaxshi bilishadi. Ular xaridorlarga mahsulotning xususiyatlari 
va muhimligi haqida axborot yig’ishiga ko’maklashishlari darkor. O’z brendiga 
tegishli mahsulotlar xususiyatlari, ustun taraflari haqida xaridorlarni bohabar qilishlari 
kerak.
Xaridorlar mahsulotlar qimmat, ishonchsizligi ammo brendlar orasidagi farq 
kichik bo’lgan holatda yuqori aralashuvida xaridor ikkilanishi sodir bo’ladi. Misol 
uchun, gilam sotib olmoqchi bo’lgan xaridor, mahsulotning qimmatligi tufayli, yuqori 
aralashuvi sodir bo’ladi. Shu bilan birga, xaridorlar ko’p gilam brendlarini bir xil 
sifatga ega deb hisoblaydi. Bunday holatda, xarid jarayoni ancha tez o’tib, agar qulay 
narxda bo’lsa ko’ziga ko’ringan birinchi mahsulotni sotib oladi.
Xaridor o’zi sotib olgan mahsulotni kamchiliklarini, boshqa u sotib olmagan 
mahsulot brendlarining esa ustunliklarini aniqlaganda xariddan keying ikkilanish sodir 
bo’ladi. Bunday ikkilanishning oldini olish uchun, marketologlar xaridorlarga ularning 
tanlovi yaxshi ekanligini xis qilishlari uchun ko’maklashishlari, isbot keltirishlari 
zarur.
Odatiy xarid xulqi, xaridor quyi aralashuvida hamda brendlar orasidagi farq 
kichik bo’lganda sodir bo’ladi. Misol uchun, tuz sotib olishni olaylik. Xaridorlar 
bunday mahsulot turi uchun xaridga quyi darajada aralshadi, negaki qaysi do’konga 
bormang, ularni topasiz. Xaridor quyi darajada xaridga aralashuvi - mahsulot arzon va 
ko’p joyda uchraydigan bo’lsa, sodir bo’ladi.
Bunday holatlarda, xaridor brend haqida axborot yig’maydi, brend xususiyatlarini 
baholamaydi, qaysi brendga tegishli mahsulotni sotib olish haqida bosh qotirmaydi. 
Quyi aralashuvi tufayli, xariddan keyin mahsulotni unchalik ham baholamaydi
ikkilanishga uchramaydi.
Xaridorlaning quyi darajadagi aralashuvi tufayli, mahsulotlar orasidagi farq 
kichik bo’lganligi sababi marketologlar o’z mahsulotlari xaridini rag’batlantirish 
uchun turli xil chegirmalarni yo’lga qo’yishadi, boshqa brendlardan farq qilishi uchun 
turli xil hatti harakatlarni amalga oshiradi. 
Biz xaridorlarga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rib chiqdik, endi xaridorlar qanday 
qilib qaror qabul qilishiga yaqindan nazar tashlaylik. 4.4-rasm xaridor qaror qilishi 


82 
jaroyoni 5 ta qismdan tashkil topishi ko’rsatilgan: ehtiyoj paydo bo’lishi, ahborot 
yig’ish, muqobil tanlovlarni baholash, xarid qarori, xariddan keying xulq. Ko’rinib 
turibdiki, xarid qilish jarayoni xariddan ancha oldin boshlanishi va undan ancha keyin 
tugashi ko’rinib turibdi. Marketologlar faqatgina xarid qaroriga emas, balki butun xarid 
qilish jarayoniga o’z e’tiborlarini qaratishlari darkor. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin