88
hisoblanadi. Rasmda ko’rsatilganidek, xarid markazi va xarid qilish jarayoniga, ham
turli xil ichki va tashqi muhitdagi omillar ta’sir etadi.
Shuningdek, ushbu rasm, tadbirkor xaridorlarga tegishli 4 asosiy savolni o’rtaga
tashlaydi:Tadbirkor xaridorlar qanday xarid qarorlarini qabul qilishadi? Tadbirkor
xaridi jarayonida kimlar ishtirok etadi? Xaridorlarga ta’sir
etuvchi asosiy omillar
nimalardan iborat? Tadbirkorlar o’z xarid qarorlarini qay tarzda qabul qilishadi?
Xarid vaziyatlarining 3 xil asosiy turi mavjud. To’g’ridan to’g’ri
qayta xarid,
xaridorlar mahsulotlarda hech qanday o’zgarishsiz, qayta buyurishadi (xarid qilishadi).
Korxonadagi xarid bo’limi tomonidan, odatiy tarzda amalga oshiriladi. Xaridorlarni
o’zida saqlab qolish maqsadida, “Ichki” yetkazib beruvchilar shunchaki mahsulot yoki
xizmat sifatini o’z darajasida saqlab qolishga urunishadi. “Tashqi”
yetkazib
beruvchilar xaridor e’tiborini qozonish maqsadida, mahsulot sifatini yaxshilaydi,
kamchiklarni yo’qotadi.
O’zgargan qayta xaridda xaridor mahsulot xususiyatlari, narxi yoki yetkazib
beruvchini o’zgartirishga urinishadi. “Ichki” yetkazib beruvchilar, qattiq bosim ostida
qolishadi va hamkorlikni saqlab qolishga harakat qilishadi. “Tashqi” yetkazib
beruvchilar, bunda imkoniyatni ko’rib, yangi hamkorlarni topishga urinishadi.
Yangi mahsulot yoki xizmatni
xarid qilayotgan kompaniya yangi topshiriq
holatiga duch keladi. Bunday holatlarda, Narx yoki risk qanchalik katta bo’lsa, xarid
jarayonida qatnashuvchilar va ma’lumot yig’uvchilar soni shunchalik ko’p bo’ladi.
Yangi topshiriq marketologlar uchun katta imkoniyat va shu bilan birga katta muammo
ham hisoblanadi. Marketologlar shunchalik ta’sir o’tkazmay, balki yordam ko’rsatadi
va axborot yig’ishga ko’maklashadi. Xaridor to’g’ridan to’g’ri xaridda qarorni tez
chiqarsa, yangi topshiriq da esa unda anchagina vaqt ketadi.
Ko’pgina tadbirkorlar qismlarni har xil yetkazib
beruvchilardan xarid qilish
o’rniga, bittasidan barcha qismlarni sotib olishni xush ko’rishadi. Ular eng to’liq
mahsulotni taklif etuvchi korxonalarga yuzlanishadi. Bunday ko’rinsihdagi to’liq sotuv
yangi hamkorlarni topish, eskilarini esa saqlab qolishda kalit omil hisoblanadi. Misol
sifatida IBM va uning xaridori Six Flags Corporation ni olaylik.
89
Xarid qiluvchi tashilotda qaror qiluvchi qism, xarid markazi deb ataladi. Bu,
tadbirkorlar xaridni qaror qilish jarayonida ishtirok etuvchi barcha qism va
shaxslarlarni o’z ichiga oladi.
Bu guruhga, mahsulot yoki xizmat foydalanuvchilari,
xarid qarorini qabul qiluvchilar, xarid qaroriga ta’sir etuvchilar,
xaridni amalga
oshiruvchilar, xarid haqidagi axborotni boshqarib turuvchilar kabilarni kiritishimiz
mumkin.
Xarid markazi, xarid qarori jarayonida quyidagi 5 ta istalgan vazifada keluvchi,
tashkilotlarning barcha a’zolarini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: