Tarix Capgemini 1967-yilda Serge Kampf tomonidan korxona boshqaruvi va maʼlumotlarni qayta ishlash kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. 1974-yilda Sogeti New-Yorkda joylashgan Amerika kompaniyasi Gemini Computers Systemsni sotib oldi. 1975-yilda CAP (Centre d’Analyse et de Programmation) va Gemini Computer Systems kompaniyalarini ikkita yirik xaridni amalga oshirdi.
Cap Gemini Sogeti 1981-yilda Milwaukee shahrida joylashgan DASD korporatsiyasini sotib olgandan soʻng, maʼlumotlarni konvertatsiya qilishga ixtisoslashgan va AQSHda ham faoliyatini boshlagan.
1990-yilda boshqaruv xizmatlari boʻyicha Yevropa yetakchisi boʻlgan Buyuk Britaniyaning Hoskyns Group kompaniyasini sotib oldi. 1996-yilda kompaniyaning nomi Cap Gemini deb soddalashtirildi va firma yangi guruh logotipini ishga tushirdi. Dunyo boʻylab barcha kompaniyalar Cap Gemini sifatida faoliyat yuritish uchun qayta brendlandi.
Ernts & Young Consulting 2000-yilda Cap Gemini tomonidan sotib olingan. U bir vaqtning oʻzida Gemini Consulting kompaniyasini Cap Gemini Ernst & Youngni tashkil qilish uchun birlashtirdi. 2017-yilda Cap Gemini SA Capgemini SEʼga aylandi va uning nomi xuddi shunday tarzda CAP GEMINI dan CAPGEMINIʼga o‘zgartirildi.[9] 2018-yilda ular Capgeminiʼning Shimoliy Amerikadagi raqamli oʻsishiga yordam berish uchun Philadelphiada joylashgan LiquidHub mijozlarni jalb qilish kompaniyasini 500 million dollarga sotib oldilar. Uning katta jamoasi Hindistonda joylashgan. Capgemini xaridlari 1,2 milliard dollarga Kanbay kompaniyasi va 4 milliard dollarga iGate kompaniyasini oʻz ichiga olgan.[10] 2019-yilda Capgemini kompaniya tarixidagi eng yirik xarid bo‘lgan Altranni sotib oldi, natijada xodimlarning umumiy sonini 250 000 nafardan oshib ketdi.[11] 2021-yil Iyun oyida Capgemini hamkorlik qilib sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan Yevropa startapi Future4careʼni ishga tushirdi. 2021-yilda Capgemini Avstraliyada oʻz faoliyatini kengaytirish uchun RXP Services va Acclimation kompaniyasini sotib oldi.[12][13] Shuningdek, 2021-yilda Capgemini Avstraliyaning Empired kompaniyasini va uning Yangi Zelandiyadagi shoʻba korxonasi Intergenʼni sotib oldi.[14] 2021-yil holatiga koʻra, Capgemini 50 ga yaqin mamlakatda 300 000 nafardan ortiq xodimlarga ega, Hindistonda 120 000 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi.
Xizmatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Capgemini Invent[tahrir | manbasini tahrirlash]
Capgemini Invent
Capgemini Invent 2018-yil sentabrida Capgemini guruhining dizayn va konsalting brendi sifatida ishga tushirilgan. Dunyo boʻylab 37 dan ortiq ofislarda joylashgan Capgemini Invent 10 000 dan ortiq xodimlarni oʻz ichiga oladi. Ular orasida Altran Capgemini Engineering kompaniyasiga aylangan va Fahrenheit 212, Idean va June21 xodimlari Capgemini Inventga birlashgan.[15] Capgemini Q-Lab[tahrir | manbasini tahrirlash]
Capgemini Q-Lab 2022-yilda IBM bilan hamkorlikda tashkil etilgan kvant hisoblash laboratoriyasi bo‘lib, u vakolatli IBM Quantum Hub bo‘ladi. Muassasa Buyuk Britaniya, Portugaliya va Hindistonda mavjud va kvant ilovalarini yaratishda yordam berish uchun tadqiqot obyektlari sifatida ishlaydi.[16] Sogeti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Logotip
Sogeti Capgemini Groupning toʻliq korxonasidir. Texnologiya va muhandislik professional xizmatlariga ixtisoslashgan kompaniya.[17] Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]
Capgemini Group qoʻmitasi 27 aʼzodan iborat. 2020-yil 20-mayda Aiman Ezzat yangi bosh direktor etib tayinlandi. U Capgemini bilan 20 yildan ortiq aloqada. 2005-yildan 2007-yilgacha Aiman Capgemini direktorining strategiya boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan. 2007-yil noyabr oyida Ezzat Moliyaviy xizmatlar global biznes boʻlimining bosh direktori etib tayinlandi va 2008-yil dekabr oyidan 2012-yilgacha uning rahbari boʻldi. 2018-yilning yanvaridan 2020-yilning mayigacha u direktor, undan oldin esa 2012-yilning dekabridan 2018-yilga qadar bosh moliya direktori lavozimida ishlagan.[18][19] 2012-yildan 2020-yilgacha Paul Hermelin guruh raisi sifatida ishlagan. U 1993-yilda Capgemini kompaniyasiga qoʻshildi va 2002-yilda uning bosh direktori etib tayinlandi. 2012-yil may oyida Hermelin Capgemini Group raisi va bosh direktori boʻldi. U 2016-yilning 15-martida vafotigacha boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Serge Kampfning o‘rnini egalladi.
2020-yil may oyida Aiman Ezzat Paul Hermelindan keyin bosh direktor lavozimini egalladi. Paul Hermelin direktorlar kengashini davom ettirmoqda.