91
korxonalar hozirgi kunda faoliyat uzilib qolmasligi maqsadida
tanqis materiallarni
saqlash uchun kattaroq omborlarni tashkil etishmoqda. Tadbirkor xaridorlarga
shuningdek siyosiy, texnologik va jamiyat rivojlanish darajasi ham ta’sir o’tkazadi.
Shu bilan birga, xalqaro marketing
sharoitida millat, an’analar ham xarid jarayonida
muhim rol o’ynaydi. Tadbirkorlar ushbu omillarni o’rganishlari va ularni o’zlari uchun
imkoniyatga aylantirishlari darkor.
Tashkiliy omillar ham muhim hisonblanadi. Har bir tashkilot, korxona o’zining
maqsad, strategiya, tuzilishi, boshqaruv shakliga ega va marketolog shularni anglashi
lozim. Bunday ko’rinishdagi savollar payo bo’lishi turgan gap: Qaror jarayonida
nechta odam qatnashadi? Ular kimlar? Qanday kriteriyalarda baholashadi? Kompaniya
o’z xaridorlariga nisbatan qanday siyosat olib boradi?
Xarid markazi bir biriga ta’sir o’tkazuvchi ko’p qatnashuvchilardan iborat, demak
xarid qararori jarayonida shaxslararo omil ham muhim hisoblanadi. Zero, ko’pincha
bunday shaxslararo omillarni va guruh dinamikasini baholash murakkab hisoblanadi.
Xarid markazidagi insonlar “xarid qiluvchi”, “ta’sir o’tkazuvchi” kabi yozuvlar bilan
yurishmaydi. Shuning uchun bu juda ham nozik omil hisoblanadi va marketologlar
shu omillarni o’rganib, hisobga olgan holda shunga yarasha
harakat qilishlari kerak
bo’ladi.
Xarid markazidagi har bir qatnashuvchi o’zining qarashlari, fikri va maqsadlari
bo’ladi. Shaxsiy omil, yosh, ta’lim darajasi, shaxsiyat, professional tajriba va riskka
bo’lgan qarash kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek,
xaridorlar turli xil
xarid stillariga egalar.Ayrimlari chuqur o’rganishlarni olib borsa, boshqalari o’z
tajribalaridan kelib chiqqan holda ichki tuyg’ulariga ishonishadi.
Dostları ilə paylaş: