90
Xarid markazida yuqorida keltirilganlardan boshqa qatnashuvchilar ham bo’lishi
mumkin. Misol uchun, reaktiv samolyot sotib olmoqchi bo’lgan
korxona xarid
markazida, korxona direktori,
bosh pilot, xarid agenti va boshqa yuqori boshqaruv
a’zolarini o’z ichiga oladi.
Tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish jarayonida ko’pgina ta’sirlar
duchor
bo’lishadi. Ayrim iqtisodchilar bu ta’sirlarni iqtisodiy deb ta’kidlashadi. Ular,
xaridorlar eng yaxshi mahsulot yoki xizmatlarni eng past narxlarda yetkazib
beruvchilar bilan hamkorlik qilishadi deb o’ylaydi. Iqtisodiyotda turg’unlik davrlarida,
bunday omillar xaridor uchun juda muhim hisoblanadi. Zero,
tadbirkor xaridorlar
aslida ham iqtisodiy ham insoniy omillarni hisobga olishadi. Tadbirkor xaridorlar ham
odam, jamiyat a’zolari. Ular ham sabab ham xis tuyg’uga asoslanishadi.
Bugungi kunda ko’pgina marketologlar tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish
jarayonlarida xis tuyg’u muhim rol o’ynashini tan olishmoqda.
Dostları ilə paylaş: