132
sifat darajasini o`lchashning eng zor usuli. Firmaning o`z xaridorlarini saqlab qolish
qobiliyati ularga qanday darajada bir xildagi foyda keltirishayotganliklariga bog`liq.
Eng yaxshi xizmat ko`rsatuvchi kompaniyalar yuqori darajadagi xizmat ko`rsatish
standartlarini o`rnatadilar. Ular ham o`zlarini ham raqobatdoshlarini xizmat ko`rsatish
jarayonini yaqindan kuzatadilar. Ular shunchaki yaxshi xizmat ko`rsatish
bilan
cheklanib qolmasdan, 100 %li nuqsonsiz xizmat ko`rsatishga astoydil bel bog`laydilar.
98% li natija yaxshidek tuyulishi mumkin, lekin agar
bu standartdan foydalanilsa
AQSH pochta xizmati xar soatda 391000 xatlarni yo`qotishi yoki notog`ri manzilga
yuborishi va AQSH farmaseftlari har haftada 1.4 milliondan ortiq doctor retseplarini
notog`ri ravishda berishlari mumkin.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar o`z uskunalari va xom-ashyolarini
hamma narsa
alo darajada bo`lgunicha moslashtirishlari mumkin lekin, bundan farqli o`laroq xizmat
ko`rsatish sifati har doim ishchilar va xaridorlar o`rtasidagi muloqotga bog`liqdir.
Kompaniyalar qanchalik darajada astoydil harakat qilsalarda hattoki eng zo`r
kompaniyalarda ham kech yetkazib berish, go`shtni ko`proq pishirib yuborish holatlari
va tez asabiylashadigan ishchilar mavjudligi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq,
xizmatni qaytadan yaxshi ravishda ko`rsatilishi jahli chiqqan xaridorlarni eng sodik
xaridorlarga aylantirishi mumkin. Bunga isbot tariqasida
shuni aytish mumkinki,
qaytadan yaxshi xizmat ko`rsatish birinchi martada yaxshi xizmat ko`rsatishdan ko`ra
ko`proq xaridorlarning xaridiga va ularning sodiqligiga erishishni taminlaydi.
Misol uchun, “Southwest” havo yo`llarida faol xaridor munosabatlari deb
nomlangan guruh tuzilgan bo`lib, ularning ishi nosoz holatlarni- texnik kechikishlar,
yomon havo, tibbiy shoshilinch holatlar va jahl tufayli o`z boshqaruvini yo`qotgan
yo`lovchilarni topish va iloji bo`lsa 24 soat ichida bu holatlarni hal etishdan iborat.
Jamoaning yo`lovchilarga bo`lgan muomalasining (odatda shu kunlar ichida elektron
xabar yuboradi) 3 ta asosiy tarkibiy qismlari bor va ular uzurnoma, nima sodir bo`lgani
haqida qisqacha tushuntirish va holatni yumshatish uchun sovg`a berish (odatda keying
parvoz harajatini qoplash uchun chek). Kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, yo`lovchilar bu
kabi kechikish holatlari qoplangan holatlarda kompaniyani odatiy parvozlarga nisbatan
14 dan 16 ballgacha yuqoriroq baholagan.
133
Hozirgi kunlarda “Facebook” va “Twitter” kabi ijtimoiy tarmoqlar yordami bilan
kompaniyalar o`z xaridorlarining norozichiliklarini aniqlab bu holatni to`g`irlash
imkoniga erishmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: