126
6.3. Xizmatlar marketingi va ularning xususiyatlari
Xizmat ko’rsatish sohasi oxirgi yiilarda keskin ravishda o’sib bormoqda. Xizmat
ko’rsatish hozirda AQSH yalpi ichki tovarining 65%ini
tashkil qilmoqda va yanda
o’sib bormoqda. 2014 yilgacha 5 ish o’rnidan 4 tasi hizmat ko’rsatish sohasida bo’lishi
taxmin qilingan. Dunyo iqtisodida esa xizmat ko’rsatishning o’sishi yanada keskin;
yalpi xalqaro tovarning 64%i.
Xizmat ko’rsatish sanoat sohalari bir biridan juda katta farq qiladi. Davlatlar
sudlar, ish bilan ta’minlash
hizmatlari, kasalhonalar, harbiy hizmat,
politsiya va
yong’inga qarshi xizmat, pochta xizmati va maktablar orqali xizmatlar taklif qiladi.
Xususiy notijorat tashkilotlar muzeylar, xayriya tashkilotlari, cherkovlar, kollejlar va
kasalxonalar orqali xizmat ko’rsatatadilar. Bunga qo’shimcha sifatida,
biznes
tashkilotlari havo yo’llari, banklar, mehmonxonalar, sug’urta kompaniyalari,
consulting
firmalari, meditsina va qonuniy tashkilotlar, telekommunikatsion
tashkilotlar, ko’chmas mulk firmalari , va boshqalrani taklif qiladilar.
Kompaniya marketing dasturlarini tayyorlashda 4 muhim xususiyatlarni hisobga
olishi lozim: nomoddiylik, ajralmaslik, turlilik va o’tkinchiligi.
Xizmat nomoddiyligi xizmatni sotib olinishidan oldin ko’rib, ta’tib,
his qilib,
eshitib yoki hidlab bo’lmasligini bildiradi. Masalan, kosmetik jarrohlik jarayonida
o’tayotganlar natijani oldindan ko’ra olmaydilar. Havo yo’llari pasajirlari bilet va
yuklari manzilga yetib borish haqida shunchaki va’dadan
boshqa hech nima
olmaydilar. Noaniqlikni kamaytirish maqsadida, xaridorlar xizmat sifati belgilarini
qidiradilar.
Ular joy, odamlar,narx, jihozlar va boshqa moddiy narsalardan xulas
chiqaradilar.
Shunday ekan, xizmatni moddiylashtirish va kerakli sifat belgilarini yaratish
xizmat ko’rsatuvchining vazifasidir. ● “Mayo Clinic”
bu vazifani yuqori darajada
bajaradi:
Moddiy tovarlar, avval ishlab chiqariladi, keyin saqlanadi, keyin sotiladi va undan
keyin iste’mol qilinadi. Lekin, servislar avval sotiladi va keyin ishlab chiqariladi va
keyin iste’mol qilinadi.