Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Qadoqlash tovar uchun idish yoki o’rov yaratish va ishlab chiqarishni o’z ichiga 
oladi. Avvaliga, qadoqlashning asosiy maqsadi tovarni himoya qilish bo’lgan. Hozirgi 
kunda esa u muhim marketing vositasiga aylanib qoldi. O’sib borayotgan raqobat va 
do’kon rastalaridagi tovar turlarining ko’payishi qadoqlarga mijozlarni jalb qilishdan 
tortib brendni xaridorlar ongiga singdirishgacha bo’lgan vazifalarni yuklab 
qo’ymoqda. Qadoqlash mutaxassislaridan birining aytishiga ko’ra: ‘Xamma xaridor 


119 
ham brend reklamalari yoki ommaviy targ’ibotlari ta’siriga tushmaydi. Lekin tovarni 
sotib oladigan har bir mijoz qadoq bilan muloqotga kirishadi’. 
Kompaniyalar qadoqlashning tovarni tezkor va bevosita tanitish kuchini asta 
sekin tushuna boshlamoqdalar. Masalan, o’rtacha supermarket bir vaqtda 38700dona 
tovar saqlaydi; o’rtacha “Walmart” supermarkazi esa 142000 dona tovar saqlaydi. 
Odatiy xaridor xarid qarorlarini do’konlarda qabul qiladi va daqiqasiga 300 ta tovar 
yonida o’tadi.Bunday raqobatga to’la muhitda, qadoq mijozga ta’sir ko’rsatishning 
so’nggi vositasidir. Shu sabali,ko’pgina kompaniyalar uchun qadoqning o’zi muhim 
targ’ibot vositasiga aylandi.
Yaxshi ishlab chiqilmagan qadoqlar mijozlarni uzoqlashtirib, kompaniya 
kirimining tushishiga olib kelishi mumkin. O’ta yopishqoq muhrli DVD qutilari
barmoqlarni og’rituvchi sim-tugunli qadoqlar, ‘qadoq g’azabi’ ga sabab bo’lib, yiliga 
6000 dan ortiq odamni kichik jarohatlar bilan kasalxonaga yuboradiga qattiq plastiq 
qadoqlar shular jumlasidan hisoblanadi. Yana bir muammo ortiqcha qadoqlashdir – 
masalan, kichik USB flesh xotira yirik plastic qadoqqa solinib, ulkan karton qutilarda 
yetkazib berilishi. Ortiqcha qadoqlash katta isrofgarchilikka sabab bo’ladi va atrof 
muhit haqida qayg’uruvchi kishilarni tovardan uzoqlashtiradi.
Innovatsion qadoqlash esa kompaniyaga ustunlik berib, savdo darajasini 
ko’taradi. Masalan, “Puma” yaqinda o’zining odatiy oyoq kiyim qutisini, chiroyli
qulay va atrof muhitga zarar yetkazmaydigan – Clever Little Bag – qutilariga 
almashtirdi. 
Keyingi avlod oyoq kiyim qadoqlarinin ishlab chiqish maqsadida, “Puma” 
dizaynerlari 21 oy davomida 40 xil quti prototiplarini, ularning ishlab chiqarish , 
transport, foydalanish va qayta foydalanish jarayonlarida bo’ladigan atrof muhitga 
ta’sirini hisobga olgan holda, sinovda o’tkazdilar. Natijada ular ‘Clever little bag with 
a big impact’ ( Katta ta’sirga ega kichik oqilona quti)ni ishlab chiqdilar. Rang-barang 
va qayta foydalanasa bo’ladiga qizil o’ram va uni ichiga osongina joylashuvchi karton 
quti dan iborat yangicha qadoq 65% kamroq qog’oz sraflaydi va ishlab chiqarish 
jarayonidagi suv, energiya va yoqilg’i xarjini yiliga 60% ga tushiradi. Yengilroq va 
kichikroq bo’lgani sababli, transport jarayonidagi atmosferaga CO2 chiqishini yiliga 


120 
10000 tonnaga kamaytiradi. Uning ustiga, qadoq butunligicha qayta ishlanishi 
mumkin. Qisqa qilib aytganda, “Puma”ning ‘Clever Little Bag’i faqatgina atrof 
muhitga emas, mijozlar ta’blariga ham do’stonadir va kompaniyaning tub maqsadiga 
foydalidir. Oqilona, shunday emasmi? 
Yaqin yillarda, tovar xavfsizligi ham qadoqlash borasidagi muhim 
muammolardan biriga aylandi. Ochilishi qiyin bo’lgan ‘bolalardan himoyalangan’ 
qadoqlar odatiy holatga aylandi. 1980-yillardagi qadoq buzilganligiga bog’liq 
sarosimalar sababli oziq-ovqat va dori-darmon ishlab chiqaruvchilar qadoq buzilishiga 
qarshi qadoqlardan foydalanadilar. Qadoq qarorlarini qabul qilishda, kompaniya oatrof 
muhit muammmolariga ham e’tibor qaratishi lozim. Puma kabi, ko’pgina 
kompaniyalar qadoqlash borasida brogan sari atrof muhitga nisbatan ma’suliyatli 
bo’lib bormoqdalar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin