116
Tovar yoki xizmat yaratish uning mijozlarga keltiradigan foydasini aniqlashni o’z
ichiga oladi.
Ushbu foydalar sifat, funksiyalarva
uslub va dizayn kabi xususiyatlarda
o’zini namoyon etadi.
Tovar sifati marketologlarning asosiy pozisiyalash vositalaridan biridir.
Sifat
tovar va servisning ishlash darajasiga ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun u mijozlarning
qoniqishiga to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir. Eng tor ma’noda, sifat ‘kamchiliklardan
holilik’ deb ta’riflanishi mumkin. Lekin ko’pgina marketologlar bu tor doirali ta’rif
bilan cheklanmaydilar. Buning o’rniga ular sifatni mijozlarning qoniqishi darajasiga
bog’laydilar. Amerika Sifat Jamiyati sifatni tovar toki xizmatning o’zida belgilanga
mijoz ehtiyojlarini qoniqtira olish xususiyati deb ta’riflaydi. Shunga o’xshash tarzda,
Siemens sifatga ‘Xaridorlarning qaytib kelish va tovarlarning qaytmasligi’ deya ta’rif
bergan.
Umumiy sifat boshqaruvi(USB)
shunday yondashuvki, unda kompaniyaning
barcha ishchilari tovar, xizmat va biznes jarayoni sifatini ko’tarishga
doimiy tarzda
harakat qiladilar.
Ko’pgina muvaffaqqiyatli kompaniyalar uchun, mijozlar tomonidan belgilangan
sifat darajasi bizness amalga oshirishni asosiy tamoyili bo’lib qolgan. Bugungi kunda,
kompaniyalar
sifatdan daromad yo’sinida ish olib bormoqdalar va bunda sifatni
natijaga eltuvchi asosiy kuch sifatida qaramoqdalar.
Tovar sifati ikki o’lchamga ega: daraja va doimiylik. Tovar yaratish jarayonida,
marketolog tovarga mos keluvchi sifat darajasini tanlashi lozim.
Bu holatda, tovar
sifati ijro sifati- ya’ni tovarning o’z funksiyalarini amalga oshira olish qobiliyati- ga
teng bo’ladi. Masalan, Rolls-Royce Chevroletdan ko’ra yuqoriroq ijro sifatiga ega:U
ravonroq, shoxonaroq ruhga va ko’proq qulayliklarga ega va uzoqroq yashaydi.
Kompaniyalar kamdan kam eng yuqori
ijro sifatini taqdim etadilar, chunki kamdan
kam xaridorlarning Rolls-Royce avtomobili, Viking plitalari yoki Rolex soatlari kabi
yuqori sifatli tovarlarni sotib olishga qurbi yetadi. Shuning uchun,
kompaniyalar
belgilangan bozorga va ushbu bozordagi raqobatchilarning sifat darajasiga mos
keluvchi sifat darajasini tanlaydilar.
117
Sifat darajasidan tashqari, yuqori sifat sifatning doimiyligini ham bildiradi. Bu
holatda, tovar sifati sifat doimiyligi – ya’ni kamchiliklardan holilik va belgilangan sifat
darajasininig o’zgarmasligi – ni bildiradi. Barcha
kompaniyalar yuqori sifat
doimiyligiga erishishga harakat qilishlari lozim. Shu ma’noda, Chevrolet Rolls-Royce
bilan teng sifatga ega bo’lishi mumkin. Garchi ijro sifati teng darajada bo’lmasada,
Chevrolet mijozlarlar pul to’laydigan va kutadiga sifat darajasini doimiy va o’zgarmas
ravishdar yetkazib beradi va bu Chevroletning sifat darajasini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: