111
tovarlarga xayot sug’urtasi, oldindan rejalashtirilgan motam xizmatlari, Qizil yarim oy
jamiyati uchun qon topshirish va hokazolar kiradi. Shuning uchun, nodarkor tovarlar
ko’p reklama, bevosita savdo va boshqa marketing vositalaridan foydalanadilar.
6.1-jadval
Iste`mol tovarlari uchun marketing mulohazalari
Iste’mol tovari turlari.
E’tiborga molik
omillar.
Kundalik
Savdo
Maxsus
Keraksiz
Xaridorlarning
sotib
olishga
bo’lgan
munosabati.
Tez-tez va takroriy
xarid. Kam
rejalashtirish,
solishtirsh va sotib
olish uchun kuch.
Kam mijoz
aralashuvi.
Kamroq
takroriy xarid.
Ko’p
rejalashtirihs va
sotib olish
uchun kuch.
Brendlani narx,
sifat va stil
bo’yicha
solishtirish
Kuchli brend
tanlovi va
sodiqlik.
Alohida sotib
olish uchun
kuch. Kam
solishtirish.
Brendga
nisbatan kam
ta’sirchanlik.
Tovar
haqida
juda kam
ma’lumot. (yoki
ma’lumot
bo’lganda ham,
salbiy
munosabat.)
Narx.
Quyi narx
Yuqoriroq
narx
Yuqori narx
Farq qiladi.
Yetkazib
berish.(Tarqatish)
Keng miqyosli
tarqatish. Qulay
sotuv nuqtalari.
Kamroq sotuv
muassasalarida
tanlovli savdo.
Bir
hudud
uchun faqatgina
bir yoki bir
necha maxsus
do’konlarda
ekskluziv sotuv.
Farq qiladi.
Targ’ibot.
Ishlab chiqaruvchi
tomonidan keng
miqyosli targ’ibot.
Ishlab
chiqaruvchi va
vositachilar
tomonidan
reklama va
bevosita savdo.
Ishlab
chiqaruvchi va
qayta sotuvchi
tomonidan
chuqur
yo’naltirilgan
targ’ibot.
Ishlab
chiqarvuchi va
qayta sotuvchi
tomonidan
aggressiv
reklama va
shaxsan sotuv.
Misollar.
Tish pastasi,
jurnallar vakir
yuvish kukuni.
Katta xo’jalik
anjomlari,
televizorlar,
mebellar va
kiyim-kechak.
Rolex
soatlari
va yuqori sifatli
shaffof idishlar
kabi hashamatli
tovarlar.
Hayot sug’urtasi
yoki qizil xoch(
yarim oy) uchun
qon berish.
Sanoat tovarlari biznes olib borish yoki qayta sihlash
uchun sotib olinadigan
tovarlardir. Shunday ekan, iste’mol tovari va sanoat tovari orasidagi farq ularni sotib
olishdan bo’lgan maqsaddadir. Agar xaridor uyda foydalanish uchun maysa kesuvchi
mashina sotib olsa, bu iste’mol tovari hisoblanadi. Agar huddi shu mashina
obodonlashtirish xizmati uchun sotib olsa, unda bu mashina sanoat tovari bo’ladi.
112
Sanoat tovarlari uchga bo’linadi: Material va qismlar, kapital tovar va ta’minot
va servislar.
Material va qismlar xom va qayta ishlangan ashyolar
hamda qismlarni
o’z ichiga oladi. O’z o’rnida, xom-ashyolar qishloq xo`jaligi tovarlari( don, paxta,
chorva, mevalar va sabzavotlar) va tabiiy tovarlar(baliq, yog’och, qayta ishlanmagan
benzin, temir rudasi)larni o’z ichiga oladi. Qayta ishlangan ashyolar esa tarkibiy
ashyolar(temir, yigirish ipi, sement va sim) va tarkibiy qismlar(motorlar, shinalar va
qoliplash)ni o’z ichiga oladi. Qayta ishlangan ashyolarning va qismlarning ko’pchiligi
to’g’ridan-to’g’ri sanoat foydalanuvchilariga sotiladi. Narx va xizmat ko’rsatish
muhim marketing omillaridir; brending va reklama esa ahamiyatsizroq hisoblanadi.
Kapital tovar sotib oluvchi biznesning ish va ishlab chiqarish jarayonida
ko’maklashuvchi sanoat tovarlaridir va bular ko’chmas jihozlar va yordamchi
uskunalarni o’z ichiga oladi. Ko’chmas jihozlar binolar( zavod va ofislar) va
o’rnatilgan uskunalar(
generatorlar, katta kompyuter tizimlari va liftlar) kabi katta
xaridlardan tashkil topadi. Yordamchi uskunalar yengil zavod uskunalari va asboblari(
qo’l asboblari va yuk ko’tarish mashinalari) va ofis anjomlari( kompyuterlar, fax
amshinalari va ish stollari)ni o’z ichiga oladi. Ular ko’chmas jihozlarga nisbatan
qisqaroq hayot davomiyligiga ega va shunchaki ishlab
chiqarish jarayonida yordam
beradilar.
Sanoat tovarlarining so’nggi guruhi ta’minot va xizmatlardir. Ta’minotlar ish
jarayoni ta’minoti (sanoat/texnika moyi, ko’mir, qog’oz va qalamlar) va ta’mirlash
buyum(bo’yoq shotkasi, mixlar va supurgi)lari kiradi. Ta’minotlar sanoat sohasining
kundalik tovarlaridir chunki, ular odatda juda kam kuch va solishtirish orqali sotib
olinadi. Business xizmatlari ta’mirlash xizmatlari (oynalarni tozalash, kompyuterlarni
tuzatish) va biznes maslaxat xizmat(menejment konsalting va reklama)larni o’z ichiga
oladi. Bunday xizmatlar odatda shartnoma asosida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: