Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Tashkilotlar, shaxslar, joylar va g’oyalar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Tashkilotlar, shaxslar, joylar va g’oyalar. Marketologlar tovar tushunchasining 
qamrovini ancha kengaytirib kelmoqdalar: endi u tashkilotlar, shaxlar, joylar va 
g’oyalarni ham o’z ichiga oladi. 
Tashkilotlar tez-tez tashkilotning o’zini ‘sotish’ga ham harakat qiladilar. 
Tashkilot marketingi belgilanga guruh mijozlarning tashkilotga nisbatan munosabatini 


113 
shakllantirish, saqlab qolish va o’zgartirish uchun qilingan hatti-xarakatlarni o’z ichiga 
oladi. Tijorat tahskilotlar ham notijorat tashkilotlar ham tashkilot marketingidan 
foydalanadi. Biznes firmalari korporativ imij marketingi deb nomlanuvchi targ’ibot 
dasturlarga homiylik qilish orqali o’zlarining omma oldidagi qiyofasini yaxshilashga 
harakat qiladilar. Masalan, “IBM”ning “Smarter Planet” targ’ibot dasturi “IBM”ni 
dunyo aholisining IQsini ko’tarishning yangicha yo’llarini taklif qiluvchi kompaniya 
sifatida qiyofalantiradi. IBMning ushbu aqlli yechimlar dasturi savdo va raqamli 
aloqadan boshlab sog’liqni saqlash, ta’lim va atrof muhitni himoya qilish kabi 
sanoatning ko’pgina sohalarini qamrab oladi. Masalan, “Smart Planet” reklamalaridan 
birida “IBM” qanday qilib dunyoning isrof bo’layotgan 25% ozuqa tovarlarini saqlab 
qolish maqsadida ‘oziq-ovqatni fermadan vilkagacha kuzatib borish’ imkoniyatini 
berayotgani ta’kidlanadi. Boshqa tomondan qaralganda,reklamalar “IBM” analitikasi 
NYPD( Nyu-York politsiya boshqarmasi) jinoyat darajasini 35% ga tushirishga va 
soliqdan qochuvchilarni tutgan holda 889 million AQSH dollarini miqdorida 
harajatlarning sarflanishining oldini olishda yordam berganini aytib o’tadi. 
Shaxlslar ham tovar sifatida qaralishi mumkin. Shaxslar marketingi ma’lum 
guruh shaxlariga nisbatan munosabatlarni sakllantirish, saqlab qolish yoki o’zgartirish 
uchun qilinadigan hatti-xarakatlarni o’z ichiga oladi. Presidenlar, san’at ahli va 
sportchilardan tortib to shifokorlar, huquqshunoslar va arxitektorlargacha bo’lgan 
shaxslar shaxslar marketingidan o’z mavqe’larini ko’tarishda foydalanadilar. Bizneslar 
va xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar mashxur qiyofalardan o’z tovarlarini 
sotish yoki g’oyalarini yoyish uchun foydalanadilar. Masalan, Kobe Bryant, Selena 
Williams va yuzlab boshqa sport yulduzlari tennis va basketboldan tortib xokkey va 
kriketgacha bo’lgan sport turlarida Nike brendini sport ishqibozlari orasida yoyib 
keladilar. 
Marketingdan oqilona foydalanish bir kishining nomini kuchli brendga 
aylantirishi mumkin. Misol tariqasida hozirda ishqibozlar orasida rock yulduzlari kabi 
mashxur bo’lgan Food Network oshpazlarini olishimiz mumkin. Hozirgi kunda, agar 
oxshona buyumlari sotib olmoqchi bo’lsangiz, ushbu yulduzlar tomonidan targ’ib 
qilingan tovarlarga duch kelmaslikning iloji yo’q. Masalan, yulduz darajasidagi bosh 


114 
oshpaz Rachel Ray shulardan biridir. Food Network shoularidan tashqari, u o’zining 
kunduzgi tok-shousini olib boradi, bir liniya to’q sariq ranglis oshxona jihozlari va 
buyumlari tar’giboti bilan shug’ullanadi, o’zining itlar uchun ozuqa brendiga ega va va 
o’zining maxsus zaytun yog’I brendiga egadir. “Target”(do’konlar tarmog’i) hattoki, 
alohida “Rachel Ray” online brend do’konini yuritadi va unda ‘oshxonangiz uchun 
ajoyi buyumlar’ va ‘pishirish va o’yin kulgu uchun ajoyib fikrlar’ deb nomlangan 
kolleksiyasi ommaga namoyish etiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin