Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Tovar xususiyatlari. Tovar xar hil funksiyalar bilan bozorga taklif qilinishi 
mumkin. Hech qanday qo’shimcha vazifaga ega bo’lmagan namuna eng quyi darajadir. 
Kompaniya unga qo’shimcha funksiyalar kiritib yuqoriroq darajadagi tovarga 
aylantirishi mumkin. Funksiyalar kompaniya tovarini raqobatchi tovarlardan ajratib 
turish uchun bir vositadir. Mijozlarga qadrli yangi bir funksiyani birinchi bo’lib taklif 
qilish juda ham samrador raqobat vositasi hisoblanadi. 
Qanday qilib kompaniya yangi funksiyalarni aniqlab ularning qay birini tovarga 
kiritishga qaror qiladi? Kompaniya doimiy ravishda tovardan foydalangan 
xaridorlardan quyidagi savollarni so’rab borishi kerak: Tovar sizga qanchali ma’qul 
bo’ldi? Tovarning qaysi funksiyalari sizga ko’proq yoqdi? Qanday qo’shimcha 
funksiyalarni ko’rishni xoxlaysiz? Ushbu savollarga javoblar kompaniyaga yangi 
funksiyalar ro’yxatini taqdim etadi. Bundan keyin, kompaniya ushbu funksiyaning 
mijozlar uchun qadri va uning kompaniyaga keltiradigan xarajatlari nisbatini baholab, 
mos funksiyani tanlab olishi mumkin. 
Tovari uslubi va dizayni. Tovar qiymatini oshirishning yan bir yo’li o’zgacha 
tovar uslubi va dizaynini ishlab chiqishdir. Dizayn uslubdan ko’ra kengroq 
tuhunchadir. Uslub shunchaki tovarning tashqi ko’rinishini ifoda etadi. Uslub e’tiborni 
tortuvchi yoki zerikarli bo’lishi mumkin. To’laqonli yangicha uslub tovarga bo’lgan 
e’tiborni kuchaytiradi, lekin tovarni ishlashi jihatidan samaraliroq qilmaydi. Uslubdan 
farqli o’laroq, dizayn tovarning tashqi ko’rinishinigina yaxshilash bilan cheklanmaydi. 
Yaxshi dizayni ham tovarning foydaliligi ham uning ko’rinishiga hissa qo’shadi. 
Yaxshi dizayn yaratish yangi fikrlar o’rtaga tashlash yoki prototiplar yaratish 
bilan boshlanmaydi. Dizayn maijozlarni kuzatish, ularning ehtiyojlarini chuqur 


118 
o’rganib chiqish, ularning tovardan foydalanish taassurotini shakllantirishdan 
boshlanadi. Tovar dizaynerlar texnik xususiyatlarga kamroq e’tibor berib, ko’proq 
tovarning mijozlarga foydaliligiga va foydalanish qulayligiga e’tibor qaratishi lozim. 
“OXO”ning takrorlanmas dizayn falsafasi va jarayonini misol tariqasida qaraylik: 
OXOning takrorlanmas dizaynli oshxona va bog’dorchilik uskunalarining 
ko’rinishi kishini o’ziga jalb qilmay qolmaydi. Lekin “OXO” uchun yaxshi dizayn 
faqatgina yaxshi ko’rinish degani emas. “OXO”ning anjomlari hamma uchun mos 
keladi. “OXO” uchun dizayn bu bir qo’lda foydalanish imkonini beruvchi salad 
aralashtirgichi, bozimni kamaytiruvchi va sirg’anib ketmaydigan dastali uskunalardir. 
1990 yilda “Good Grips” nomli o’ta samarador sabzavot archish uskunasini taqdim 
etganidan buyon, “OXO” mijozlar oarsida kundalik hayotni yengillashtiruvchi oqilona 
dizaynlar bilan mashxur. Uning e’tiborni tortuvchi uy anjomlari dizaynlari hattoki 
musey ko’rgazmalariga ham qo’yilgan va hozirda “OXO” o’z dizaynlarini ofis 
anjomlari, meditsina uskunalari va bolalar tovarlarida ham namoyon etmoqda.
“OXO”ning ko’pgina dizaynlar to’g’ridan to’g’ri mijozlardan olinadi. “OXO” 
prezidenti aytganidek: ‘ Biz yaratayotan har bir tovar kishilar anjomlardan qanday 
foydalanishini kuzatishdan kelib chiqadi. Ular muammolardan olinadiga bebaho 
fikrlardir.’ Masalan, xaridorlarning odatiy Pyrex o’lchov stakanlarini foydalanishdagi 
qiyinchiliklarini kuzatilganda, bir muhim kamchilik ko’zga tashlanda: idish qanchalik 
to’liqligini uni ko’zing darajasiga ko’tarmaguncha aniq bila olmaysiz. Buning 
natijasida “OXO” ishlab chiqqan idishlar, ichiki tomonidan katta harflar bilan 
belgilangan bo’lib, ularni tepadan qaragan holda ham bemalo va aniq ko’rish mumkin. 
Shu yo’zinda “OXO” oddiy kundalik go’yalarni o’ta foydali anjomlarga aylantirib 
keladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin