Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

6.1-rasm. Tovarning uch bosqichi 
Va nixoyat, Tovar loyihachilari tub qiymat va xaqiqiy tovarga qo’shimcha xizmat 
va funksiyalar qo’shgan holda boyitilgan tovar. “iPad” shunchaki oddiy raqamli 
uskuna emas. U xaridorlarning aloqa muammolarining to’liq yechimidir. Shunday 
ekan, “iPad” xaridorlariga tovar va uning qismalari sifati, tovardan foydalanish 
yo’riqnomalari, tezkor sozlash xizmati va muammolarni xal qilish va savollarga javob 
olish uchun Vebsayt ham taklif qilinishi mumkin. “Aplle” shuningdek, bir liniya 
ilovalar va qo’shimcha uskunalarni ham taklif qiladi.
Xaridorlar tovarlarni o’z talablarini qondirish uchun kerakli bo’lgan foydali 
narsalar to’plami sifatida ko’radilar. Tovar rivojlantirish bosqichlarida, marketologlar 
mijozlar uchun tub qiymatni aniqlashlari kerak. Keyin esa, xaqiqiy tovarni yaratib unga 
qo’shimcha xususiyatlarni qo’shgan holda eng qoniqarli brend taasurotini qoldirishga 
xarakat qilishlari lozim. 
Tovar va xizmatlar ulardan foydalanuvchi mijozlarning turiga qarab ikkiga 
bo’linadi: Iste’mol tovarlari va sanoat tovarlari. Keng ma’noda olib qaraganda, tovarlar 
tashkilotlar, shaxslar, joylar va g’oyalarni ham o’z ichiga oladi.


110 
Iste’mol tovarlari oxirgi iste’molchi tomonidan shaxsiy iste’mol uchun sotib 
olingan tovar va xizmatlardir. Marketologlar bu turdagi tovarlarni xaridorlarning ularni 
sotib olishga bo’lgan munosabatiga qarab yana bir necha turga bo’ladilar. Bular 
kundalik tovarlar, savdo tovarlari, maxsus tovarlar va ortiqcha tovarlarni o’z ichiga 
oladi. Bu tovarlar bir biridan qanday sotib olinishi va qanday sotilishida farq qiladi. 
Iste’mol tovarlari - oxirgi iste’molchi tomonidan shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan 
tovar. 
Kundalik tovarlar tez-tez, bevosita va minimal solishtrish va sotib olish kuchi 
bilan sotib olinadiga xizmat va tovarlardir. Bularga kir yuvish kukuni, shirinliklar, 
jurnallar va fast fud misol bo’la oladi. Kundalik tovarlar odatda quyi narxli bo’lib, 
ishlab chiqaruvchilar ularni mijozlarga kerakli paytda tayyor bo’lishi uchun ko’plab 
hududlarga tarqatadilar. 
Savdo tovarlari unchalik tez-tez sotilmaydi va mijozlar mos kelishi, sifati, narxi 
va stiliga qarab e’tibor bilan tanlaydigan tovarlar jumlasiga kiradi. Do’kon tovarlari va 
xizmatlarini sotib olishda, xaridorlar ma’lumot to’plash va solishtirish uchun ko’p vaqt 
va kuch sarflaydilar. Bularga misol sifatida mebel. Kiyim-kechak, foyldalanilgan 
avtomobillar, maishiy texnika va mehmonxona va havo yo’llari xizmatlari kiradi. 
Do’kon tovarlari taklif qiluvchilar kamroq savdo muassaslari orqli tarqatsalarda, 
odatda mijozlar tanloviga yordam sifatida kuchli qo’llab-quvvatlash xizmatini taklif 
qiladilar. 
Maxsus tovarlar katta guruh xaridorlari katta xarid kuchu sarflashga rozi bo’lgan 
alohida xususiyatlarga va brendga ega tovar va xizmatlardir. Bularga maxsus brend 
ostidagi avtomobillar, yuqori narxli fotografiya uskunalari, yuqori sifatli oziq-ovqat 
tovarlari va tibbiy va qonuniy mutahassislarning xizmatlari kiradi. Lamborghini 
avtomobili shu jumladandir, chunki xaridor uni sotib olish uchun uzoq masofa bosib 
o’tishga rozi bo’ladi. Xaridorlar odatda maxsus maxsulolarni solishtirmaydilar. Ular 
faqat kerakli tovarga ega bo’lgan dilerga bog’lanish uchungina vaqt sarflaydilar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin