Yo‘l harakati hamda Yo‘l belgilari va signallari to‘g‘risidagi Konvensiya.
Davlat namunalari yordamida yo‘l belgilari, (10807-78) yo‘l chiziqlari, (13508- 74) yo‘l harakatini tashkil qilish texnik vositalari, (23457-86) svetoforlar, (25695-83) yo‘l to‘siqlari, (26804-86) boshqa harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga umumtexnikaviy shartlar belgilanadi. Qurilish me’yorlari va qoidalarida avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va foydalanish davrlarida harakat xavsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar keltirilgan. Sohalar me’yoriy hujjatlarda (instruktsiya, uslubiy ko‘rsatma) avtomobil transportida, yo‘l xo‘jaligida, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish, transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish, yo‘llarning xavfli bo‘laklarni aniqlash, harakat xavfsizligini boshqarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi. “Yo‘l harakati” haqidagi va “Yo‘l belgilari va signallari” haqidagi Konventsiyalar eng asosiy xalkaro me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bu Konvensiyalar 1968 yilda Vena shahrida BMT “Yo‘l harakati” konferensiyasida qabul qilingan. Konvensiyaga 1971 yil Jenevadagi Yevropa kengashida to`ldirishlar kiritilgan. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiyada: yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha umumiy talablar; xalqaro harakatga qo‘yish uchun transport vositalariga qo‘yiladigan talablar; haydovchilar guvohnomasi namunasiga qo‘yiladigan talablar; haydovchilarga qo‘yiladigan talablar; davlatlarning konvensiyaga qo‘shilish tadbirlari; atamalarga qo‘yilgan talablar berilgan.
1. Ogohlantiruvchi belgilar.
Ogohlantiruvchi belgilar yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘lda harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko‘rishni talab qiladigan havfli qismlarni joylashuvi hamda ularni hususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi
Ogohlantiruvchi belgilar 32 ta bo‘lib, ularni asosiy qismining ko‘rinishi uchburchak shaklida, xoshiyasi qizil, foni oq va tasviri qora rangda berilgan bo‘ladi. Qolaversa to‘rtburchak va kesishma shakllarida ham berilgan. Ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda havfli joydan 50-100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150-300 metr oldin o‘rnatiladi.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin. Ikkinchi belgi yo‘lning havfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.
Agar yo‘lning qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa o‘sha ish bajarilayotgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan kerakli belgi o‘rnatiladi.
Ogohlantiruvchi belgilar yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘lning harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko‘rishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.