Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Bosma reklama – faqat ko’rish orqaligina qabul qilishga mo’ljallangan asosiy 
rks vositalaridan biri. 
Bosma reklama materiallari barcha majmuini ikkita asosiy guruhga ajratish 
mumkin: reklama-katalog nashrlari va yangi yil reklama-sovg’a nashrlari. 
Reklama-katalog nashrlari tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarning muayyan 
tularini reklama qiladi. 
Katalog – ko’p sonli tovarlar tizimlashtirilgan ro’yxatidan iborat bo’lgan; 
belgilangan tartibda tuzilgan; tovarlar fotosuratlari bilan bezalgan broshyura 
ko’rinishidagi yoki muqovalangan bosma nashr bo’lib, matn qismida, qoidaga ko’ra, 
matn boshida ishlab chiqaruvchi korxona haqida qisqacha kirish so’zi beriladi, undan 
keyin taklif etilayotgan tovarlar haqida ma’lumot texnik tavsifnomalar bilan birgalikda 
beriladi.
Prospekt – biron-bir muayyan tovar yoki tovarlar guruhi haqida axborot 
beradigan, broshyura ko’rinishidagi yoki muqovalangan bosma nashr. U taklif 
etilayotgan tovarlar mufassal tavsifidan iborat bo’lib, rasmlar bilan yaxshi bezaladi.
Buklet – katalog va prospektdan farqli ravishda broshyuralanmagan, balki ko’p 
marta choklangan (boshqacha aytganda, «garmoshka» holidagi) nashr.
Plakat – yirik o’lchamli, choklanmagan nashr, ko’p hollarda bir tomonlama tasvir 
tushiriladi.
Oxirgi paytlarda keng va muvaffaqiyat bilan foydalanilayotgan reklama plakat-
bukletlarida plakatning teskari tomonida reklama qilinayotgan mahsulotning mufassal 
tavsifi beriladi. 
Reklama varaqasi – kichik o’lchamli, choklanmagan yoki bir marta bukilgan 


142 
nashr bo’lib, tejamkorligi tufali katta tirajda chiqariladi. Odatda mufassal texnik 
tavsifnoma bilan reklama qilinayotgan mahsulotning bir-ikkita rasmidan iborat bo’ladi. 
Audiovizual reklama kinofilmlar, videofilmlar va slayd-filmlarni o’z ichiga 
oladi. 
Reklama kinofilmlarining quyidagi tasnifi eng sodda va qulay hisoblanadi. 
Reklama roliklari – 15 soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan
aholining keng qatlamlariga namoyish etish uchun mo’ljallangan, qoidaga ko’ra, xalq 
iste’moli tovarlarini (xizmatlarni) reklama qiladigan qisqa reklama filmlari.
Reklama-texnika filmlari – 10-20 daqiqa (ba’zida undan uzoq) davom etadigan, 
mahsulotdan tashqari buyurtmachi korxona haqida hikoya qiladigan reklama filmlari; 
reklama beruvchining faoliyati haqida ijobiy fikr uyg’otish va uning nufuzini oshirish 
maqsadida turli maqsadli guruhlarga (mutaxassislar va aholining keng qatlamlariga) 
namoyish etish uchun yaratiladi. 
Slayd-filmlar bitta yoki bir nechta ekranga tushiriladigan, avtomatik ravishda 
almashib turadigan rangli diapozitivlardan iborat dasturni ifodalaydi. Bunday dasturga 
maxsus tayyorlangan fonogramma jo’r qiladi. Slayd-filmlardan xilma-xil tovarlar 
assortimenti, sanoat mahsulotlari va xizmatlari uchun foydalanish mumkin.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin