Gmo mahsulotlarini cheklashning ahamiyati


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix15.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#130738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OZIQ OVQAT

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 869 www.ares.uz 
KIRISH 
Oziq-ovqat havfsizligi insonlarning istalgan vaqtda faol va sog‘lom turmush 
tarzi uchun zarur bo‗lgan elementlarga boy va havfsiz (sifati, soni va xilma-xilligi 
bo‗yicha) ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‗lish demakdir. Shu boisdan qayd etish 
lozim, ayni globallashuv jarayonida mamlakatlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan sifatli va sotib olish qobiliyati doirasida ta‗minlash muhim masalaga aylandi. 
Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim oziqalardan biri hisoblanadi. Iste‘molchilar 
har doim sifatli va havfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Havfsiz oziq-ovqat deganda, 
biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, geni modifikatsiyalangan organizm (GMО) 
siz (genetik modifikatsiyalashgan organizmsiz), pestitsidlar singari oziq-ovqatga 
aloqador zararli elementlar bo‗lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat 
havfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo‗lib, millatlarning 
salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste‘mol qiladigan oziq-
ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi 
bo‗lib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
va demografik holatiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Oziq-ovqat havfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb 
vazifalardan biridir. BMT mutahasislari ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini 
yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti 
kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari 
barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad 
manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari 
yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha 
chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi. Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat 
qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtayi nazarlarni yangilash 
gʻoyasini ilgari surmoqda, Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga 
antropogen taʼsirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilgʻor va rivojlanayotgan 
davlatlar oʻrtasidagi oziq-ovqat balansi boʻyicha farqning oʻsayotgani, iqlim 
oʻzgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Nozineʼmatlarimiz, chuchuk 
suv, oʻrmonlar, biologik xilma-xillik keskin surʼatlarda kamayib bormoqda, yer 
unumdorligi 
pasayib, 
tuproq 
degradatsiyaga 
uchrayotir. 
Oqibatda, 
BMT 
maʼlumotlariga koʻra, yer yuzi aholisi soni geometrik progressiya bo‗yicha ortib 
bormoqda afsuski ularni ehtiyoji arifmetik progressiya bo‗yicha qondirilmoqda, 
hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan boʻlsa, 2050-yilga borib 
bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda 



Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin