Gmo mahsulotlarini cheklashning ahamiyati


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix15.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#130738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OZIQ OVQAT

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 870 www.ares.uz 
yashaydi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlimning 45 foizi aynan toʻyib 
ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola 
aynan shu sabab hayotdan koʻz yummoqda. 
Oziq-ovqat havfsizligi mamlakat aholisining sog'ligini saqlashga imkon 
beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko‗rsatadi. 
Havfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o‗sishi va 
rivojlanishiga yordam beradi, ko‗pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat 
salomatligini ta‘minlaydi. Butun dunyoda sun‘iy mahsulotlarni ishlab chiqarish 
kundan-kunga ko‗payib borayotgan, bugungi kunda oziq-ovqat havfsizligi ustidan 
nazoratni susaytirishga aslo yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Mamlakatning oziq-ovqat 
havfsizligi-jismoniy talablar darajasida aholi salomatligi holatiga havf solmasdan 
aholini muhim iste‘mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash imkoniyati 
kafolatlangan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy holatdir. Boshqacha qilib aytganda, 
hozirgi yashayotgan va kelajakda tug‘iladigan avlod uchun havf tug‘dirmaydigan 
oziq-ovqat havfsiz hisoblanadi, Shu bois, bugungi kunda mahsulot sifatini nazorat 
qilishning obyektivligi o‗z navbatida butun insoniyat salomatligi uchun havfsizligini 
kafolatlagani bois, mazkur soha bilan bog‘liq muammolarga yuzaki qarab bo‗lmaydi. 
Bizning tadqiqot mavzuimizni chuqur ochib berish, sohadagi muammolarni ochib 
berish, zarur takliflar bildirish, O‗zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini 
tahlil qilishni taqozo etadi. ―Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasida fuqarolar davlat 
boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat 
sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat 
va insonning yashash muhiti holati, yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi 
tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko‗rsatilayotgan 
xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati to‗g‗risida axborot olish huquqida ega ekanligi 
belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o‗zi iste‘mol qiladigan 
mahsulotning havfsizlik talablariga qanchalik javob berishi haqida yetarli 
ma‘lumotga ega bo‗lishga huquqlidir. Shuningdek qonunchiligimizda, ―Oziq-ovqat 
mahsulotining havfsizligi‖ tushunchasiga ta‘rif berilgan: ―Oziq-ovqat mahsulotining 
havfsizligi — Oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-
sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi‖, ko‗rinib turganidek, 
ta‘rifda havfsizlik uchun talab aynan ko‗rsatilmasdan boshqa normativ-hujjatlarga 
havola qilingan. Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta'minlaydigan talablar majburiy 
bo‗lib, u qonun yoki boshqa normativ hujjat belgilangan tartibda o‗rnatiladi. 
Iste'molchilarning havfsizligini ta'minlash bo‗yicha majburiy talablar O‗zbekiston 



Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin