Vol. 25 (2022): Miasto Przyszłości 170
Miasto Przyszłości
Kielce 2022
shaharlaridan hisoblangan. Nomlari keltirilgan shaharlardan tashqari viloyatda yana bir qancha shaharlar bo‘lib, ularning
har biri katta rustaqning markazi hisoblangan.
Turkiyzabon xalkdarning turg‘un yashovchi qismi nafaqat Usrushona viloyatida, Movarounnahrning barcha viloyatlarida
qadim davrlardan yashab kelganligi tarixdan ayon. Lekin shular qatorida IX – X asrlarda Movarounnaxrda, uning cho‘l
zonalari va tog‘li rayonlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiyzabon etnoslar ham oz bo‘lmagan. Somoniylar
xizmatida ham turkiy qullar oz bo‘lmagan. Bularning ichidan viloyat hokimlari, harbiy sarkardalar, hatto davlat boshlikdari
yetishib chiqqan: Samjuriy, Alptegin, Tosh, Faiq va boshqalar shular jumlasidan. Alp-tegin, Somoniylarning sobiq quli,
keyinchalik yirik harbiy sarkarda. Xuroson viloyatining hokimi va yirik feodal. U boyib Xuroson va Movarounnahrda
joylashgan 500 qishloqni sotib olgan, har bir shaharda qasri, hovli-joylari, karvonsaroylari mavjud bo‘lgan. Alp-teginning
Nishopur bozoridan sotib olgan Sabuk (keyinchalik Sabuk-tegin) ko‘tarilib yirik harbiy sarkarda bo‘ladi va 977 yilda
G‘aznani qo‘lga kiritib Xurosonda G‘aznaviylar sulolasiga asos soladi. Sabuqtegin vafotidan keyin (997 y.) Qoraxoniylar
bilan birgalikda uning katta o‘g‘li Maxmud G‘aznaviy Somoniylarga qattiq zarba berib Xurosonni batamom egallab, uning
chegarasini kengaytirib yirik davlatlar darajasiga ko‘taradi. Ayni shu yillar (999 y.) Qoraxoniylar Movarounnahrni
batamom qo‘lga kiritdilar. Shunday kilib X asr oxirida Osiyoning markaziy hududlarida ikki yirik davlat Qoraxoniylar va
G‘aznaviylar davlati vujudga keldi. Har ikkalasini ham turk kishilari boshqargan. So‘g‘diyona o‘lkasining taraqqiy etishida
uning geografik jihatdan qulay o‘rnashgan joyi ham benihoyat katta ahamiyatga ega edi. Zarafshon vohasidagi yirik shahar
va qishloqlar katta tijorat yo‘lida — Buyuk ipak yo‘lida joylashganligidan bu o‘lka aholisi bir qancha mamlakatlar, xalklar
va elatlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar olib borish imkoniyatiga ega edi. Bu muhim aloqa yo‘li orqali
Movarounnaxrga turli mamlakat va o‘lkalardan xilma-xil tovarlar keltirilgan, o‘lkadan ham chetga dehqonchilik va
hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan. So‘g‘diyonani o‘troq aholisining (so‘g‘diylar) ma’lum qismi tijorat bilan
shug‘ullanib karvon bilan Afg‘oniston, Hindiston, Eron va boshqa old Osiyo mamlakatlariga, Yettisuv va Sharqiy
Turkiston orqali sharqqa, to Xitoygacha borganlar. Mahalliy tijoratchilar o‘lkalarining taraqqiyoti yo‘lida bevosita xizmat
qilib, uning iktisodiy va madaniy jihatdan rivojlanib borishiga katta hissa qo‘shganlar. So‘g‘diyonaning markaziy shaxri
Samarqand bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan edi1 . Manbalarda qayd etilishicha shahar bir necha
dahalarga va mahallalarga bo‘lingan. Samarqand o‘z davrining ko‘p nufuzli shaharlaridan hisoblangan; X asrda unda
taxminan 100—110 ming kishi yashagan. Arab geograflarining Samarqand So‘g‘di rabotlari va shaharlari haqidagi
ma’lumotlaridan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qishloqlar zich, aholi tig‘iz joylashganligini inkor qilib bo‘lmasa kerak.
Chunki Istaxriy, Ibn Havqal va Muqaddasiy (X – XI asr o‘rtalari) Movarounnahrda bo‘lib, viloyatning bir qancha shahar va
qishloqlarida bo‘lib, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan-bilganlarini asarlarida bayon etganlar. Bular ham xatoga yo‘l qo‘ygan
bo‘lishlari mumkin. Lekin ayrim rustaklarida qishloqlarning ko‘p bo‘lishi, aholisining tig‘izligi, shaharlarining iktisodiy va
madaniy jihatdan taraqqiy etganligi haqidagi axborotlarga ishonmaslikka hech asos yo‘q. Zarafshon daryosining o‘rta
okimlarida joylashgan to‘rtta yirikshaharlar (Ishtixon, Kushon, Dabusiya va Robinjoi) Samarqand va Panjikentdan keyingi,
o‘rta darajadagi shaharlar bo‘lgandir. Yuqorida Samarqand shaxrida 100 – 110 ming kishi yashaganligi haqida gan ketgan
edi.
Panjikent aholisi 40 ming hisoblangan edy. Ammo viloyatdagi boshqa shaharlar o‘rta darajadagi shaharlar bo‘lgan. O‘sha
asr taraqkiyotini hisobga olib, arab geograflarining axborotlariga asoslanib, X asrda, eslatilgan 4 ta shaharning har birida
o‘rta hisob bilan 10 ming kishidan yashagan desak, to‘rt shaharda 40 ming kishi yashagan bo‘lib chiqadi. Viloyatdagi
qolgan 7 shahar (13 tadan) kichik shaharlar bo‘lib, ularning aholisi 5—6 ming atrofida bo‘lgan bo‘lishi kerak; unda 7 ta
shaharning umumiy aholisi ham 40 mingga yaqinlashadi; shunda Zarafshon daryosi o‘rta oqimidagi barcha shaharlarida
yashovchi aholining soni 230 ming bo‘lgan bo‘ladi. Bunga qishloq aholisi kirmaydi. O‘rta Osiyo bo‘yicha shahar aholisi
umumiy aholining 20 – 25 foizini tashkil qilganligini hisobga olib, Samarqand viloyati qishloq aholisining sonini 850 ming
mo‘ljallash mumkin. Shunda bu hududda turg‘un yashovchi shahar va qishloq aholisining umumiy soni 1.080 ming kishiga
yakinlashadi. Samarqand viloyatining tog‘li rayonlarida va cho‘l zonalarida ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi turkiyzabon
qabilalar (qarluk, chig‘il, o‘g‘uz va boshq.) yashaganliklari haqida yukorida gapirilgan edi. Chorvador turkiy kabilalar son
jihatidan kamroq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki, Movarounnaxr hududiga arablar istilosidan keyin va Somoniylar
davrida ko‘chmanchilardan faqat islom dinini qabul kilgan qabilalar kelib, yaylovdan joy olib, yashashi mumkin bo‘lgan.
Bularning soni 200 ming hisoblansa, shahar va viloyatda yashagan aholining soni taxminan 1.280 ming kishi bo‘ladi. Bu
taxminiy hisob albatta. Buxoro viloyati asosan Zarafshon daryosining kuyi okimlarini egallagan, IX—X asrlarda iktisodiy
va madaniy jihatdan taraqqiy etgan Movarounnahr mintaqalaridan biri edi. Bu viloyatning sharqiy chegarasi Karmana
shahridan boshlab, g‘arbda Amudaryo sohillarigacha borgan. Nurota rayoni ham Buxoro viloyati tarkibida bo‘lib kelgan.
Buxoroda «bir korxona bor edi; unda paloslar, darpardalar, yozgi kiyimlar, yostiq jildlari, funduqiy (jigarrang) joynomozlar
va ust kiyimlarni xalifa uchun to‘qir edilar: bitta darpardaga (butun) Buxoro xiroji sarf bo‘lardi. Bag‘doddan har yili
alohida bir omil (amaldor, soliq yig‘uvchi) kelib Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlardan olib ketar edi deb yozgan edi,
Narshaxiy. Hunarmandlarning ishini yuqori baholab, tarixchi quyidagilarni bayon etadi: «Buxoro shaxrida shunday ishga
tayin kilingan ustalar bo‘lar edilar; viloyatlardan savdogarlar kelib, odamlar zandoniychini (Zandonachi kishlog‘ida
to‘qiladigan mato) olib ketganlaridek, u kiyimlardan Shom va Misrga, Rum shaharlariga olib ketar edilar. Xurosonning
hech bir shaxrida bunday (mato) to‘qiy olmas edilar». Buxoro IX—X asrlardagi rabot (qishloqlarni) o‘z ichiga olib
birmuncha kengaygan, aholisi soni ko‘paygan.
Shu asrlardagi Buxoroni tilga olib Istaxriy uni (Buxoroni) Movarounnaxr va Xurosonda eng ko‘p aholi yashaydigan shahar,
deb ta’riflaydi. Afsuski, axoli sonini aniq belgilab beradigan boshqa aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. O. G.
Bolshakovning taxminiy hisobiga ko‘ra, Buxoroda X asrda 40 – 50 ming kishi bo‘lgan. Uning atroflarida va rabotlarida
yana 48 ming kishi yashagan. Demak, Buxoro va uning atroflarida yashovchi aholi soni 100 ming kishiga yaqinlashgan.