Vol. 25 (2022): Miasto Przyszłości
171
Miasto Przyszłości
Kielce 2022
Shaharning etnik tarkibi ham bir xilda bo‘lmagan. Shaharning asosiy aholisini so‘g‘diylar va
turkiyzabon xalklar tashkil
kilgan. Ma’lumki, VIII – X 23 asrlarda turkiy xalklar faqat vohadagi shahar va qishloqlarda emas, balki voha atroflaridagi
cho‘llarda ham yashar edilar. Buni Narshaxiy asarlaridan tushunib olish qiyin emas. Ma’lumki, arablar vohaga bosib kelgan
kezlarda turklar ular bilan raqiblashib, kurashib kelgan edilar, vohani batamom qo‘lga kiritib olgandan so‘ng ham turkiy
qabilalar arab istilochilari bilan kelisha olmasdan, vohaga tez-tez xujum qilib turganlar va
shuning uchun ham Buxoroga
amir bo‘lib tayinlangan kishining buyrug‘i bilan voha atrofida devor ko‘tarilgan.
Buxoro shaxrida va umuman vohada tub yerli aholidan tashqari boshqa yerlardan tijorat yo‘li bilan kelib o‘rnashib qolgan
kishilar ham mavjud edi. Shulardan biri «kashkoshonlar» nomi bilan atalgan. «Buxoroda, — deb ta’kidlanadi Buxoro
tarixida, — bir qavm bor ediki, uni kashkashon der edilar. Ular xurmatli, qadr-qiymatli va e’tiborli odamlar bulib, Buxoro
aholisi o‘rtasida zo‘r e’tiborga
ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmasdan (yirik mahalliy yer egalaridan bo‘lmasdan
demoqchi) chetdan kelgan kishilar bo‘lib, aslzoda savdogar va boy odamlar edilar»1 . Qutayba Buxoroni batamom
egallagach, kashkashonlarni uyjoylarini, undagi
anjomlarni arablarga qoldirib, shahardan chiqib ketishga majbur kildi.
Qashqashonlar Shaxristondan chiqib, undan tashkari yerlarda 700 ko‘shk (hovli-joy) bino qiladilar.
Hovli-joylar, bog‘-
rog‘lar barpo qilib, o‘z xizmatchilarini ko‘chirib keltiradilar. Narshaxiy davrida (X asr birinchi yarmi) bu ko‘shklarning
ba’zilari vayron bo‘lib, ko‘p qismi shaharga qo‘shilib ketgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Azamat Ziyo. О‘zbek dalatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.
2.Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T.:
Yangi asr avlodi, 2009.
3. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 1-qism. – Toshkent: Sharq, 2010.