EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.1 | SJIF = 5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 13, December 2022 ISSN 2181-2020
Page 1529
BIOGAZ ORQALI AHOLINING TURMUSH TARZINI
YAXSHILASH
1
Madiyev Azizbek Mamasoat oʻgʻli,
2
Oʻrozova Oʻgʻiloy Fayzullayevna,
3
Eshdavlatova Muxlisa Alim qizi,
4
Abdusattorova Muxlisa Eshparda qizi
1,2,3,4
Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7496180
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 21
th
December 2022
Accepted: 29
th
December 2022
Online: 31
th
December 2022
Biogazning afzalliklaridan biri, xohlagan joyda issiqlik va
elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkinligidir.
Chiqindilarni
biokonversiya
jarayoni
energetik
muammoni hal qilishdan tashqari yana ikkita masalani
hal qiladi. Birinchidan, achigan go’ng odatdagi go’ngga
qaraganda qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini 10 +
20% oshiradi. Ikkinchidan, chiqindilar achigan vaqtda
go’ng tarkibida ko’p miqdorda bo’lgan begona o’tlarning
urug’lari, har xil mikroblarning birikmalari, gelmintin
urug’lar va yoqimsiz hidlar yo’qotiladi.
KEY WORDS
Biogaz, metan (CH4), uglerod
dioksidi (CO), vodorod sulfid
(H2S), anaerob, biomassa.
Odatda tabiiy gaz yer tubidan, ya’ni
1000 metrdan bir necha kilometrgacha
bo’lgan chuqurlikdan qazib olinadi. Ammo
qazib
olingan
gazni
iste’molchiga
yetkazishdan
avval,
uni
mexanik
aralashmalardan tozalab,
chuqur qayta
ishlanadi. Bundan tashqari, tabiiy gaz
hidsiz va rangsiz bo’lgani sababli, gaz sizib
chiqish holatlarini o’z vaqtida payqash
uchun gaz taqsimlash
stansiyalarida unga
o’ziga xos hid beriladi. Respublikamizda
markazlashgan elektr tarmog’i mavjud
bo’lishiga qaramasdan,
qish faslida ayrim
nosozliklarni vujudga kelishi tufayli qishloq
hududlarigacha
elektr
energiya
yetmaydigan holatlar kuzatilishi mumkin.
O’zbekistonning 60%dan ko’proq aholisi
qishloq hududida istiqomat qiladi,
ulardan
deyarli 30,5% qismi kam ta’minlangan.
Energiyaning
noto’g’ri
ta’minlanishi
mahalliy
aholining
daromad
topish
imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ammo hammamizga ma’lumki, ko’pgina
qishloq
joylariga
tabiiy
gaz
bilan
ta’minlashning iloji yo’q. Buning oldini
olish uchun ya’ni aholini tabiy gaz bilan
ta’minlash uchun tabiiy usulda olinadigan
texnologiyadan foydalanish lozim. Gaz
bormagan gaz oborishning iloji bo’lmagan
joylarda juda qo’l keladi. Har bir oila uchun
bu texnologiya juda muhim hisoblanadi.
Ya’ni, oila buyujetiga ham qolaversa davlat
buyujetiga ham katta yordam hisoblanadi.
Masalan 50 tonna chiqindi bilan 80-90 kun
bir oila uchun yetarli bo’lardi.
Qolaversa
atrof – muhitga zarar yetkazuvchi
chiqindilarni bartaraf etib, ularni foydali
maqsadlarda
ishlatish
mumkin.O’zbekistonda
sug’oriladigan
qishloq xo’jalik maydonlarini asosan g’o’za,
g’alla, tamaki, kungaboqar va poliz ekinlari
egallaydi. Hozirgi kungacha g’o’zaning
poyasidan
qisman spirt, qog’oz va bir
qancha qurilish materiallarini ishlab