EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 13, December 2022 ISSN 2181-2020
Page 1530
chiqarishda xomashyo sifatida foydalanib
kelinadi. Qolgan o’simliklarning poyalari
tashlab yoki yoqib yuboriladi. Mana shu
qishloq xo’jalik chiqindilaridan ham
biomassa,
ya’ni
bioyoqilg’i
sifatida
foydalanish mumkin. Biologik chiqindilarni
to’g’ridan to’g’ri yoqish yo’li bilan energiya
olishdan tashqari biogaz ham olish
mumkin.
Biogaz
har
xil
biologik
mahsulotlarni havosiz muhitda ferm
entatsiya-achishi natijasida hosil boladigan
mahsulotdir.
Biogaz
-gazlarning
aralashmasi.
Uning
asosiy
tashkil
qiluvchilari: metan (CH4) - 55-70% ,
uglerod dioksidi (CO) - 28-43% va oz
miqdorda vodorod sulfid (H2S) va boshqa
gazlardir.
O’rtacha 1 kg organik modda 70% biologik
parchalanganda 0,18 kg metan, 0,32 kg
karbonat angidrid, 0,2 kg suv va 0,3 kg
ajralmaydigan
qoldiqqa
bo’linadi.
Fermentatsiya natijasida hosil bo’lgan
gazlardan uylarni va suvni isitishda, ovqat
tayyorlashda va boshqa maqsadlarda
foydalanish mumkin. Ayniqsa, asosiy
energetik tarmoqlardan uzoqda joylashgan
qishloqlarda biogazdan foydalanish qishloq
aholisi uchun juda ko’p qulayliklarni
yaratishga xizmat qiladi.Qadimda Xitoyda
birinchi bo’lib biogazdan foydalanilgan.
Shuning uchun hozirgi kunda biogaz ishlab
chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi
o’rinlarni Xitoy egallaydi. O’tgan asrning
70- yillari o’rtalarida bu mamlkatda bir
millionga yaqin metantenklar qurilib ishga
tushirilgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 20
mln. dan oshib ketgan. Xitoy Xalq
Respublikasida milliy energo iste’molining
30%i biogaz hisobidan qoplanadi.Biogaz
ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi
o’rinni Hindiston egallaydi. O’tgan asrning
30-yillarida dunyoda birinchi bo’lib
Hindistonda biogaz olish texnologiyasini
rivojlantirish bo’yicha milliy dastur qabul
qilingan.
2000-yilning
oxirlarida
Hindistonning
qishloqlarida
qurilgan
metan tanklarning soni 1 mln. dan oshib
ketdi. Natijada bir qancha qishloqlarning
energiya bilan ta’minlanishi va ularning
sanitar-gigiyenik
holati
yaxshilandi,
o’rmonlardagi daraxtlarni kesish keskin
kamaydi va tuproqning tarkibi yaxshilandi.
Nepalda milliy biogaz kompaniyasi tashkil
qilindi va u faollik bilan ish olib bormoqda.
Yaponiyaning
8
dona
chorvachilik
xo’jaliklarida qurilgan biogaz qurilmalari
muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda.
Dastlabki hisoblar shuni ko’rsatadiki,
chiqindilar bilan aralashtirilgan 1 tonna
o’simlik biomassasidan 350 m3(metan,
vodorod) gaz olish mumkin.Bir sigirning
go’ngidan bir kunda 4,2 m 3 gacha biogaz
olish mumkin. 1 m3biogazning energiyasi
0,6 m3 tabiiy yoqilg’i gaz, 0,74 l neft, 0,65 l
dizel yoqilg’isi, 0,48 l benzin va
boshqalarning energiyasiga to’g’ri keladi.
Biogaz qo’llash bilan yoqilg’i mazuti,
ko’mir, elektr energiyasi va boshqa elektr
energiyasi ishlab chiqaruvchi manbalar
tejaladi. Biogaz qurilmalarini tadbiq etish
chorvachilik
va
parrandachilik
fermalarining hamda ular joylashgan atrof-
muhit
ekologiyasini
yaxshilaydi.Bir
kilogramm go’ngdan qancha gaz olish
mumkin? Bir litr suvni qaynatish uchun 26
litr gaz sarflanishini hisobga olib quyidagi
chiqindilardan qancha suvni qaynatishga
yetarli gaz olish mumkinligi aniqlangan:
- qoramolning 1 kg go’ngidan 7,5 + 15 litr
suvni qaynatishga;
- cho’chqaning 1 kg go’ngidan 19 litr suvni
qaynatishga;
- qushlarning 1 kg tezagidan 11,5 + 23 litr
suvni qaynatishga;
- dukkakli ekinlarning 1 kg poxolidan 11,5
litr suvni qaynatishga;