4
axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy
rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko‟nikmalarini
shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini
belgilash ham mashg„ulotning predmeti hisoblanadi.
Insho - ijodiy ish: o‟quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi.
Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida
o‟ylash, logik bog‟lanishni belgilash, so‟z, so‟z birikmasini tanlash, gap tuzish va
uni o‟zaro bog‟lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‟quvchidan
aqliy kuchini to‟la ishga solish bilan birga, o‟z ma‟naviy faoliyatini boshqarish
ko‟nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‟shiladi. O´quvchi inshoni, u
mustaqil, ijodiy xarakterda bo‟lgani, «o‟ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan
hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o‟quvchilar nutqini
o‟stirish, aqliy, ijodiy o‟sishiga mo‟ljallangan dasturga o‟tishi munosabati bilan
uning ahamiyati yanada o‟sdi.
Og‟zaki va yozma inshoga o‟rgatish jarayonida o‟quvchilarda mavzuni
tushunish va yoritish, o‟z inshoini aniq fikrga bo‟ysundirish, material to‟plash, uni
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va
nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini
takomillashtirish ko‟nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar
ham amalga oshiriladi, ya‟ni matnni yozishda imloviy va husnixatga doir matnni
abzaslarga bo‟lish, xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham
amal qilinadi.
Og‟zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga,
tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Dostları ilə paylaş: