Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli
ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
go‘daklik (1 yoshgacha);
bolalik yoshi (1-2 yosh);
ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
kichik yosh (3-4 yosh);
o‘rta yosh (4-5 yosh) ;
katta yosh (5-6 yosh);
[25]
Go‘daklik davri bolalariiing rivojlanishidagi uziga xosliklar. Insonning
rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to‘qqiz oy mobaynida
juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o‘taydi. Bu davrda
ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ham bu
ta’sirning ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim. Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning
rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u ona suti bilan ozikdanishi lozim.
Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni
idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham
go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning nutqi va
tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo‘lgan davrda dastlabki so‘zlarni
ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish
qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka
erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z xoliga tashlab qo‘ymasligi,
ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola
oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda
qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Bola nimaga o‘rgatilsa, uni aniq, hayotiy
misollar bilan mustaxkamlash zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal
qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida
bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal
rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unta
xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim.
Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish,
ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga
jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana
boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu
[26]
ko‘nikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i
lozim.
Kichik gurux; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga
qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib
boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib uynash
ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini
farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko‘rish-yasash faoliyatining
dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman
markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni
boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi
rol uynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va
rivojlantirishga keng yo‘l ochadshan ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini belgilab
berishga yunaltirilgan.
O‘rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to‘rt yoshga
yettach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi
tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar pustlogining faoliyati takomillashib boradi.
Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi,
ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi
bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni uzi mustaqil bajarishga
intiladi. Bu yoshda bola nixoyatda serharakat, o‘yinqarok, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi.
U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to‘g‘ri
ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini muxofaza qilish, ruhiy holatini
nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga
ega. Ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga
yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Katta guruh (5-6 yosh bolilar) ning rivojlanish xususiyatlari. Bolalarning
umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning
uchun ham suyaklarning to‘g‘ri usishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak.
Ularning yuragi chakalok yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq
[27]
muskullari xali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda
miya pustlogining asab katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashki ko‘rinishidan
kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi
ravon bo‘lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo‘lgan takdirda
uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so‘z
boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar
bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning
matematik tafakkuri, hisoblash ko‘nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki
iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal
rivojlantirishga aloxida e’tibor karatish maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar) ning rivojlanish xususiyatlari.
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi,
uning jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar uzini
idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu
yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi
hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu yoshda bola chiniqadi.
qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va
tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda
gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda
faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu
o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki
o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul
qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim
olishga tayyor bo‘lishi kerak.
Bolalarning
maktabga
tayyorgarlik
darajasini
aniqlashda
tashxis
markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning
moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi
shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axlok-odobi va shaxsiy
sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo‘lganda, u olti
[28]
yoshli bolalarni o‘qitish huquqiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli
bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o‘qitadigan
tarbiyachilar pedagogik- psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika
qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak,
maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi o‘ziga xos, murakkab jarayon
sanaladi. Maktabgacha ta’lim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy
mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi.
Bu yoshdagi bolalarning tulaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy
(ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa,
maktabgacha ta’lim yoshining o‘zi ham yettita o‘ziga xos, alohida davrlarga
ajratiladi. Shu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘qitish va
tarbiyalash ishiga mas’ul bo‘lgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar
bolalarning yosh davri xususiyatlaridan to‘la xabardor bo‘lishlari zarur.
[29]
Dostları ilə paylaş: |