foydalangani uchun to‘lovlar MHTda mulkdan olingan daromad sifatida
qaraladi. Shu elementdan asosiy kapitaldan foydalanish ayirib tashlansa, sof
foyda va sof aralash daromadni olamiz.
Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlarga asoslanib yonlanma
hodimlarning ish haqqi 1032,5, yalpi foyda va yalpi aralash daromad890,3,
ishlab chiqarish va import solig‘i-376,7, ishlab chiqarish va importga
subsidiyalar-99,3. u holda,
-
ishlab chiqarish va importga sof soliqlar:376,7-99,3=277,4
-
bozor bahosidagi YaIM:1032,5+890,3+376,7-99,3=2200,2
Bu usuldan YaIMning qiymat bo‘yicha tarkibini tahlil qilishda
foydalaniladi.
Birlamchi daromadlarni taqsimlashda faqat rezidentlar emas, balki
norezidentlar (qolgan dunyo) хam qatnashadilar. Birlamchi daromadlarning
bir qismini norezidentlarga o‘tkazish lozim (masalan, mavsumiy хorijlik
ishchilarga) va mulkdan olingan daromad sifatida (devidentlar, foizlar va
boshqalar). Shu bilan birga mamlakat rezidentlari хorij mamlakatlar YaIMni
yaratishda ishtirok etganliklari uchun ish haqqi oladilar yoki mulkdan
olingan daromadlarga ega bo‘ladilar. Agar YaIMdan boshqa mamlakatlarga
berilgan birlamchi daromadlar ayirilib, boshqa mamlakatlardan olingan
daromadlar qo‘shilsa mamlakatning bozor bahosida hisoblangan yalpi milliy
daromadiga ega bo‘lamiz.
Dostları ilə paylaş: